Tavsif
Yer yuzidagi suv bilan bogʻliq muammolar bo'yicha innovatsion ilmiy/texnologik usullarni taklif qiladigan ixtirochilar uchun World Water Challenge — 2025 tanlovi taqdim etiladi.
Ushbu dastur Koreya xalqaro suv haftaligi (KIWW) doirasida oʻtkazilmoqda. Dastur ilgʻor innovatsion yechimlarni kashf qilish bilan birga belgilangan suv muammolarini hal qilish siyosati bilan boʻlishish uchun ham muhim platforma sifatida xizmat qilishi kutilmoqda.
Tanlovga taqdim etiladigan yechimlar quyidagi mavzular boʻyicha boʻlishi lozim:
- Smart Technology;
- Appropriate Technology;
- Environment Preservation Technology.
Dasturning asosiy maqsadi butun dunyo boʻylab va suv sektoridagi mutaxassislar va manfaatdor tomonlar, shuningdek, yechim provayderlarining turli sohalari oʻrtasida keng tarmoqni yaratish va mavjud muammolar uchun umumiy muqobil yechimlarni tatbiq qilish hisoblanadi.
Saralashdan oʻtgan 10 ta yechim egalari World Water Challenge (WWCH) ning yakuniy bosqichiga taklif qilinadi. Yakuniy taqdimot va taqdirlash marosimi KIWW — 2025 doirasida 2025-yil 13-14 noyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun: World Water Challenge — suv muammolarining yechimlari boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro tanlov hisoblanadi. 2015-yilda 7-Butunjahon suv forumining davomiy faoliyati sifatida u har yili Koreya xalqaro suv haftaligi (KIWW) bilan birgalikda dunyo duch kelayotgan suv muammolarini aniqlash va ularni hal etishning mumkin boʻlgan yechimlarini topish maqsadida oʻtkaziladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.