Dunyoning eng nufuzli universitetlardan biri Oksford universitetidan 200 dan ortiq oʻrinli, toʻliq moliyalashtiriluvchi Clarendon stipendiya dasturi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
30 Yan, 2026 · Muddat tugagan

Dunyoning eng nufuzli universitetlardan biri Oksford universitetidan 200 dan ortiq oʻrinli, toʻliq moliyalashtiriluvchi Clarendon stipendiya dasturi

Magistratura +1 To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Dunyoning eng nufuzli universitetlardan biri Oksford universitetida grant asosida oʻqish uchun Clarendon stipendiya dasturi. Ushbu stipendiya dasturiga millati, yashash joyi yoki taʼlim sohasidan qatʼiy nazar kunduzgi va sirtqi magistratura va doktorantura bosqichida oʻqishni istaganlar ariza topshirishlari mumkin. Nomzodlar stipendiya uchun alohida hujjat topshirishlari talab qilinmaydi. Oksford universiteti kurslariga qabul qilinganlar toʻgʻridan toʻgʻri stipendiya grantiga nomzod sifatida koʻrib chiqiladi.

Clarendon stipendiya dasturi yiliga 200 dan ortiq grantlar eʼlon qiladi, shuningdek, stipendiya gʻoliblari kuchli xalqaro muhitda oʻz kasbining mutaxassislari bilan bir jamoada boʻlish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Nomzodlar grantga ariza topshirish uchun dekabr va yanvar oylariga qadar Oksford universiteti kurslariga roʻyxatdan oʻtib, qabul qilingan boʻlishlari soʻraladi.

Eslatma: Baʼzi bir kurslarning oxirgi muddati noyabr oyida boʻladi, shuning uchun dedlaynlar haqida yoʻnalish tanlab batafsil tanishib chiqish mumkin.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Millati, yashash joyi yoki taʼlim sohasidan qatʼi nazar kunduzgi va sirtqi magistratura va doktorantura bosqichida oʻqishni istaganlar ariza topshirishlari mumkin;
  • Stipendiya uchun alohida ariza topshirish talab qilinmaydi, Oksford universiteti kurslariga qabul qilinganlar toʻgʻridan toʻgʻri nomzod boʻla oladilar;
  • Til sertifikati (IELTS) va boshqa talablar tanlangan dasturga qarab farq qiladi. Til va sertifikat boʻyicha talablar haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin;
  • Stipendiyaga nomzodlar yuqori akademik koʻrsatkichlari, qobiliyatlari va motivatsion xatlariga qarab saralanadi.

Magistr dasturlari haqida ushbu havola orqali, doktorantura haqida esa ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Grant sohiblari kontrakt toʻlovidan toʻla ozod etiladi;
  • Yashash xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi.

Topshirish jarayoni

Stipendiya dasturiga qabul jarayonlari tartibi:

Kurslarga ertaroq ariza topshirish tavsiya etiladi:

Qo'shimcha ma'lumot

Stipendiya dasturi haqida batafsil maʼlumot olishga yordam beruvchi havolalar toʻplami:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura, PhD

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 7

Buyuk Britaniya Dunyoning eng nufuzli universitetlardan biri Oksford universitetidan 200 dan ortiq oʻrinli, toʻliq moliyalashtiriluvchi Clarendon stipendiya dasturi
30 Yan, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.