Tavsif
Buyuk Britaniyaning eng nufuzli universitetlaridan biri University of Oxford oliygohi Oksford 1+1 MBA dasturida oʻqishni xohlovchilar uchun Oxford-Pershing Square Graduate Scholarships dasturini taklif qiladi. Dasturda akademik va ijtimoiy jihatdan faol, kuchli bilim va salohiyatga ega boʻlgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
Dasturga qabul qilinganlar dunyoning eng nufuzli universitetida bepul oʻqish, kuchli professorlar darslari orqali oʻz bilim va tajribalarini oshirish bilan birga dastur davomida yillik stipendiya bilan ham taʼminlanadilar.
Dasturda avvalgi yillarda ishtirok etganlar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.