- Dasturga hujjat topshirishda yosh yoki oʻqish sohasi boʻyicha cheklovlar yoʻq;
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin;
- Stipendiyaga hujjat topshirish uchun Stenford universiteti magistrlik yo'nalishlaridan biriga o'qishga qabul qilingan bo'lish kerak;
Hujjatlar asosan ikki xil usulga koʻra talab qilinadi.
Birinchi usul:
Dasturga hujjat taqdim qilayotganingizda, Stanford universitetining kunduzgi magistrlik darajasiga hujjat topshirib, roʻyxatdan oʻtib, qabul qilingan boʻlishingiz kerak. Har bir Knight-Hennessy Scholars dasturi qatnashchisi Stenford magistrlik dasturiga tegishli DMA, JD, MA, MBA, MD, TIV, MPP, MS yoki PhD dasturida yangi roʻyxatdan oʻtgan talaba boʻlishi kerak. Dasturga qabul qilinganingizdan soʻng Stenfordda ikki yil davomida oʻqishingiz talab etiladi.
Ikkinchi usul:
2015-yil yanvarida yoki undan keyin AQShning bakalavr darajasini yoki unga tenglashtirilgan kollej yoki universitet darajasiga ega boʻlishingiz kerak.
2022-yilgi dasturga hujjat topshirish uchun bakalavr darajasini 2015-yilda yoki undan keyin olgan boʻlishingiz, 2023-yil uchun esa 2016-yilda yoki undan keyin bakalavr darajasini olgan boʻlishingiz talab etiladi.
Dasturga nomzodlarni saralab olishda quyidagi 3 ta mezonga asoslanadi:
Mustaqil fikrlay oladigan yoshlar
Dasturga qiziquvchan, keng fikrlaydigan, analitik qobiliyatga ega, madaniyatlararo rivojlanishga qiziquvchi va dunyodagi muhim muammolarni hal qilish uchun oʻz qarashlariga ega yoshlar saralab olinadi. Ularda quyidagi xislatlar boʻlishi soʻraladi:
Aniq fikrlay olishi va intellektual qobiliyatga egaligi;
Bilim va yangi tajribalar yigʻishga intiluvchanlik;
Asl gʻoyalarga ega boʻlish;
Noaniqliklarni aniqlay olish;
Qarama-qarshi yoki oʻzgacha fikrga ega boʻlgan yoshlar.
Yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar
Odob-axloqli, qatʼiyatli, maʼlum bir natijalarga erishishga intilgan va boshqalarni ham ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga ilhomlantiradigan kelajak rahbarlari.
Dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartirishga intiluvchi;
Oʻzini va boshqalarni rivojlanishi uchun hissa qoʻsha oladigan;
Boshqalarni ham oʻz jamoasiga qoʻshib ular bilan rivojlanishni istaydigan;
Oʻz-oʻzini anglaydigan va moslashuvchan;
Doimiy va bardoshli.
Oʻz fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlar
Kamtar, hamdard, ishonchli, boshqalarga xizmat qilish uchun harakat qiladigan va koʻproq yaxshilikka hissa qoʻshishni istagan jamoat aʼzolari qidiriladi.
Shaxsan kamtar va mehribon;
Qoʻllab-quvvatlovchi va javobgar;
Xilma-xilliklarni yaxshi qabul qiladigan;
Boshqalar uchun qaygʻurib doimo yordamga tayyor turadigan.