Tavsif
The Gates Cambridge Scholarship dasturi 2000-yil oktyabr oyida Bill va Melinda Geyts jamg'armasi tomonidan Kembrij universitetiga 210 million AQSh dollari ajratilishi natijasida tashkil etilgan.
Har yili The Gates Cambridge Scholarship Kembrij universitetida mavjud bo'lgan har qanday fan bo'yicha kunduzgi magistratura va doktorantura bosqichida o'qish uchun Buyuk Britaniyadan tashqaridagi bilimli talabalarga 80 ta to'liq moliyalashtiriluvchi stipendiyalarni taklif qiladi.
The Gates Cambridge Scholarshipning asosiy maqsadi kuchli yetakchilarning global tarmog'ini yaratish va boshqalarning hayotini yaxshilashdan iborat.
Dasturga qabul qilinganlar universitetda o'qish to'lovidan ozod etilish bilan birga yiliga £17.848 stipendiya, bepul aviachipta, sug'urta puli hamda boshqa imtiyozlarga ega bo'ladilar.