Tavsif
“Kasbiy taʼlim va innovatsiyalar” professional magistratura dasturi kasbiy taʼlim sohasidagi xalqaro mutaxassislar uchun aralash (ham onlayn ham oflayn) taʼlim kursidir.
Mazkur dastur orqali nomzodlar dunyoning yetakchi universiteti - Munich Texnika Universitetida mustahkam, yuqori malaka egallashga yordam beradigan magistrlik darajasiga ega boʻlishadi. Ushbu sohadagi mutaxassislar professional tarzda birgalikda ishlash va global tarmoqning bir qismiga aylanish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar.
Dastur 2 xil, asosan onlayn formatda olib boriladi. Nomzodlar har semestrning oxirida bir hafta Germaniyaga borishlari zarur.
Dastur magistrlik dissertatsiyasini oʻz ichiga olgan holda 5 semestr davom etadi.
Ushbu dastur dastlabki uch semestrda oʻqitiladigan toʻqqiz asosiy moduldan (52 AKTS), toʻrtinchi semestr doirasidagi bitta mutaxassislik modulidan (8 kredit) va toʻrtinchi va beshinchi semestrda magistrlik dissertatsiyasini (30 AKTS) yozishdan iborat. Dastur modullari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Ariza topshirishdan oldin nomzodlar oʻz universitetlari uchun mazkur dastur ochiq ekanligini tekshirishlari lozim. Universitetga kirish uchun malakani qabul qilish boʻyicha qoʻllanma bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturga qabul qilingan nomzodlar uchun oʻqish toʻlovlari mutlaqo bepul.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.