Dunyoning Top 100 talik universitetlari qatoriga kiruvchi Niderlandiyadagi Leiden universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun Leiden University Excellence Scholarship dasturi
Niderlandiya Niderlandiya
14 Okt, 2024 · Muddat tugagan

Dunyoning Top 100 talik universitetlari qatoriga kiruvchi Niderlandiyadagi Leiden universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun Leiden University Excellence Scholarship dasturi

Magistratura To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Niderlandiyaning nufuzli universitetlaridan biri Leiden universitetida magistratura bosqichini davom ettirishni xohlovchilar uchun Leiden University Excellence Scholarship (LExS) tashkil etilgan. Ushbu dasturda oʻz sohasida yetarli bilim va koʻnikmaga ega, akademik jihatdan faol yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Leiden University Excellence Scholarship dasturi ushbu universitetning tegishli magistrlik kurslarida oʻqish uchun qisman grantlarni taqdim etadi.

Dasturga qabul qilingan talabalar oʻzlariga tegishli boʻlgan sohalarda bilimlarini yanada mustahkamlash, xalqaro muhitda oʻqish bilan birga, tajribali professorlardan taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa Erkin Iqtisodiy Zonasiga kirmaydigan davlat fuqarosi bo'lishi kerak;
  • Nomzod magistratura yo'nalishiga mos bakalavr bosqichini tugallagan boʻlishi kerak;
  • Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim (o'z guruhida top 10% talabalar safida bo'lgani ma'qul. Ammo bu ko'rsatkichni isbotlaydigan maxsus hujjat shart emas);
  • Leiden universitetidagi magistratura yoʻnalishlaridan biriga hujjat topshirgan va qabul qilingan boʻlishi shart;
  • Ingliz tilini yuqori darajada bilishi kerak (Dasturga qarab sertifikat ballari farq qilishi mumkin. Eng kamida 6,5 so'ralishi mumkin);
  • Avval ushbu dasturda qatnashgan nomzodlar ikkinchi marta qatnasha olmaydi.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturga qabul qilinganlar oʻquv kontrakt toʻlovi uchun - €10,000 yoki  €15,000 miqdorida grantga ega boʻlishi mumkin.

Leiden universitetining o'quv kontrakt to'lovlari haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Eslatma! Bu grant o'qish to'lovini to'liq qoplashga yetmaydi. Shuning uchun YI yoki YEIZga kirmaydigan davlat fuqarolari VISAga topshirishda moliyaviy ta'minot uchun isbot topshirishlari kerak.

Topshirish jarayoni

  • Dasturda ishtirok etish uchun nomzod avval universitetning magistrlik kursi uchun onlayn roʻyxatdan oʻtishi lozim. Shundan soʻng onlayn arizaning scholarship qismida LExS dasturida ishtirok etishi maʼlum qilinishi kerak;
  • LExS dasturi uchun 500 soʻzdan iborat motivatsion xat taqdim etiladi va kerakli maʼlumotlar toʻldirilib, ariza topshirish yakunlanadi

Dastur uchun qabul natijalari ariza topshirish muddatidan soʻng 6 hafta ichida eʼlon qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Ushbu dasturda quyidagi yoʻnalishlar uchun grant ajratilmaydi:

  • LLM (non-advanced);
  • MSc programmes at Leiden Law School.

Dasturga qabul yilda 2 marta boʻlib oʻtadi:

  • 1-fevralgacha (oʻqishni sentabr oyidan boshlamoqchi boʻlganlar uchun);
  • 1-oktabrgacha (oʻqishni fevral oyida boshlamoqchi boʻlganlar uchun)

Koʻp berilgan savollar va ularning javoblari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: scholarships@sea.leidenuniv.nl

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

Niderlandiya Dunyoning Top 100 talik universitetlari qatoriga kiruvchi Niderlandiyadagi Leiden universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun Leiden University Excellence Scholarship dasturi
14 Okt, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.