Tavsif
The Utrecht Excellence Scholarship (UES) Niderlandiyaning nufuzli Utrext universitetida magistrlik darajasini olishga intilayotgan Yevropa iqtisodiy hududi (Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Islandiya, Lixtenshteyn va Norvegiya) dan tashqari boshqa davlatlarning iqtidorli talabalari uchun moʻljallangan dasturdir.
Ushbu dasturda har tomonlama faol va yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Dasturga qabul qilingan talabalar Utrext universitetining magistratura bosqichida bepul taʼlim olish va boshqa imtiyozlarga ega boʻladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.