Dunyoning Top 3% universitetlari qatoriga kiruvchi Finlandiyaning Oulu universitetida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi Oulu Univeristy International Scholarship grant dasturi
Finlandiya Finlandiya
21 Yan, 2025 · Muddat tugagan

Dunyoning Top 3% universitetlari qatoriga kiruvchi Finlandiyaning Oulu universitetida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi Oulu Univeristy International Scholarship grant dasturi

Bakalavr +1 To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

The University of Oulu International ScholarshipFinlandiyaning Oulu universitetida bakalavr yoki magistratura bosqichida oʻqimoqchi boʻlgan xorijiy talabalarga taklif etiladigan grant dasturi. Grant talabani oʻqish toʻlovini qoplaydi va grant miqdori tanlangan oʻquv dasturiga bogʻliq.

Grant dasturi uchun alohida ariza topshirish tizimi mavjud emas. Grant uchun arizalar onlayn tarzda Studyinfo portalida tanlangan bakalavr yoki magistratura dasturlarida oʻqish uchun topshiriladigan ariza bilan birga topshiriladi.

Munosib nomzodlar yuqori akademik yutuqlari va kuchli salohiyatiga asosan tanlanadi. Talaba grant yutganligi haqidagi xabar universitetga qabul qilinganlik xati bilan birgalikda joʻnatiladi.

Grant dasturi haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

  • Avvalgi taʼlim darajasini Finlandiyadan boshqa davlatda tamomlagan boʻlishi kerak:
    • Yuqori maktab/kollejni (bakalavr dasturi uchun)
    • Bakalavr bosqichini (magistratura dasturi uchun)
  • Universitetda bakalavr/magistratura darajasida oʻqish talablariga mos kelishi lozim;
  • Til bilish darajasi IELTS 6.5/ TOEFL iBT 92;
  • Yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishi maʼqullanadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Grant talabaning Oulu universitetida bakalavr yoki magistratura bosqichida oʻqish toʻlovini qoplaydi.

Topshirish jarayoni

Universitetda oʻqish uchun hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.

Nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar:

  • Til bilish sertifikati (IELTS 6.5);
  • Bakalavr diplomi/maktab attestati nusxasi;
  • Akademik transkript nusxasi;
  • Diplom/attestat va akademik transkriptning ingliz tilidagi tarjimasi (ingliz tilida boʻlmasa);
  • Nomzodning tanlagan dastur va yoʻnalishiga oid qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Ushbu havola orqali talab qilingan hujjatlar, qabul jarayoni boʻyicha batafsil maʼlumot olish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Tez-tez soʻraladigan savollar boʻlimi — FAQs.

Universitet qabul boʻlimi bilan bogʻlanish uchun elektron pochta manzili: admissions@oulu.fi

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Soha

    Biznes boshqaruvi, Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Gumanitar fanlar, Tabiiy fanlar va matematika, Ijtimoiy fanlar, Sanʼat, dizayn va arxitektura, Taʼlim va tarbiya, Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

Finlandiya Dunyoning Top 3% universitetlari qatoriga kiruvchi Finlandiyaning Oulu universitetida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi Oulu Univeristy International Scholarship grant dasturi
21 Yan, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.