Umumiy maʻlumotlar
Dunyoning 100 top universitetlari roʻyxatida turuvchi Markaziy Yevropa universiteti (Central European University) dunyo boʻylab doktorantura darajasiga ega boʻlish istagidagilar uchun Doctoral Scholarships (Doktorlik stipendiyasi) dasturini eʼlon qiladi.
Mazkur dastur tanlangan fakultetga qarab 4 yilgacha davom etadi va nomzodlar dasturni AQSh hamda Avstriya mamlakatlari oʻtashadi.
Dasturga bakalavr hamda magistr darajasiga ega boʻlgan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.
Dastur ingliz tilida boʻlib oʻtadi va til bilish haqidagi sertifikat talab etiladi.
Qatnashchilar avvalo ushbu universitetning doktorlik dasturlaridan biriga qabul qilinishlari lozim. Shu orqali ularning hujjatlari avtomatik ravishda Moliyaviy yordam (Financial Aid) uchun koʻrib chiqiladi.
Tanlab olingan ishtirokchilarning oʻqish toʻlovlari toʻliq qoplanadi va oylik 1,680 yevro miqdorida stipendiya beriladi.
CEU doktorlik stipendiyasi jami 48 oylik muddatga beriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Nomzodlar bakalavr hamda magistrlik darajasiga ega boʻlishlari va buni tasdiqlovchi hujjatlarni dasturga taqdim etishlari lozim;
- Besh yillik magistraturani tugatganlar bakalavr bo'yicha hujjat ko'rsatishlari shart emas;
- Istisno hollarda, kognitiv fanlar boʻlimi ushbu fan bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan fan boʻyicha faqat bakalavr darajasiga ega boʻlgan nomzodlarni ham koʻrib chiqadi;
- CEUda doktoranturada oʻqiyotgan talabalar bir vaqtning oʻzida boshqa oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirmasliklari kerak va CEUda oʻqishlaring boshida bu haqida shartnomani imzolashlari talab qilinadi;
- Dastur ingliz tilida olib boriladi. Til bilish haqida sertifikatlar talab qilinadi (IELTS 7; Duolingo 120, TOEFL IBT 88 va b.);
- Iqtisodiyot va biznes fakulteti uchun nomzodlar GMAT va GRE sertifikatlaridan biriga ega boʻlishi lozim.
Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Foydali tomonlari
- Dasturga qabul qilingan nomzodlarning oʻqish toʻlovlari toʻliq qoplanadi;
- Nomzod uy-joy va yashash xarajatlari, shuningdek, sogʻliq sugʻurtasiga yordam berish uchun oylik stipendiya bilan taʼminlanadi;
- Doktorlik stipendiyasi — oyiga 1,680 yevroni tashkil etadi.
Eslatma: Har bir talaba oʻzi uchun turar joyni taʼminlash uchun javobgardir.
Eslatma: CEU doktorlik stipendiyasi jami 48 oylik muddatga beriladi.
Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali berilgan doktorlik dasturlari bilan tanishib chiqish lozim.
Nomzodlar universitetning 5 tagacha fakultetiga hujjat topshirishlari mumkin va ulardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Eslatma: CEU ariza topshirilgan dasturlar sonidan qatʼi nazar, har bir nomzod uchun 30 yevro miqdorida bir martalik roʻyxatdan oʻtish toʻlovini oladi. Ariza toʻlovi qaytarilmaydi va uni bekor qilib boʻlmaydi. Toʻlov birinchi ariza topshirilgandan soʻng onlayn ariza shakli orqali toʻlanishi kerak. Nomzod arizasida “yuborish” (submit) tugmasini bosgandan soʻng, sahifa avtomatik ravishda toʻlov portaliga yoʻnaltiriladi.
So'ralgan hujjatlar haqidagi batafsil havolani bu yerda o'qish mumkin.
Hujjatlar ushbu havola orqali berilgan maxsus portalda topshiriladi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun:
Moliyaviy yordam ofisi: Central European University
Nador u. 9, Ground floor, (Enrollment Management)
1051 Budapesht, Vengriya
Ofis soatlari: 10:00a.m.- 4:00 p.m.
Email: finaid@ceu.edu
Shuningdek, ushbu havola orqali berilgan universitet vakillari bilan ham murojaatlarni koʻrib chiqish mumkin.