Tavsif
Dunyoning top universitetlari roʻyxatida 160-oʻrinni egallagan Liverpul Universiteti (University of Liverpool) dunyo boʻylab barcha izlanish olib borish istagida boʻlgan nomzodlarga doktorantura kurslarini taklif etadi.
Kurslar ikki turda boʻladi:
- Self-funded (xarajatlar nomzod tomonidan qoplanadi);
- Funded (xarajatlar universitet tomonidan qoplanadi).
Mazkur dastur jami 62 ta turli sohadagi kurslarni oʻz ichiga oladi. Kurslar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Taklif etilayotgan kurslar keng qamrovli boʻlganligi uchun har bir kurs turli oʻqish toʻlovlarini tashkil etadi. Kurs narxlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Tadqiqot ishini yozish boʻyicha batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.