Tavsif
Xitoyning GongKong shahrida joylashgan Earth.org tashkilotining “EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition 2024” tanloviga rasmlar qabuli boshlandi. Bu har yili boʻlib oʻtadigan tanlov boʻlib, oʻz uyimiz, yaʼni yer sayyoramizni muhofaza qilishga qaratilgan. Tashkilotchilar rasmlarda insonlarni ruhlantiradigan va tabiatni himoya qilishga ilhomlantiradigan kuch borligiga ishonishadi, shu sababli ushbu tanlov eʼlon qilingan. Zero, bir rasm ming ogʻiz gapdan taʼsirliroqdir.
Dasturga rasmlar qabul qilish 2024-yilning 26-apreliga qadar davom etadi. Natijalar esa shu 2024-yilning 23-iyunigacha dastur rasmiy sahifasi hamda e-mail orqali eʼlon qilinadi. Tanlovda 3 ta kategoriya mavjud va har bir kategoriya uchun 1 tadan 3 tagacha rasm joʻnatiladi, jami rasmlar soni esa 9 tadan oshmasligi zarur.
Tanlov soʻnggida 1 ta asosiy gʻolib, 4 ta kategoriyalar boʻyicha gʻolib va 20 ta qoʻshimcha eng yaxshi rasm sohiblari saralab olinadi. Tanlovning umumiy sovrin miqdori $1000 boʻlib, asosiy gʻolibga $500 va 3 kategoriya boʻyicha saralab olingan sovrindorlarning har biriga esa $250 dollardan mukofot puli beriladi.
Dastur haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.