Economics Fundamentals Initiative (EFI) loyihasi tomonidan “Mantiqiy iqtisodiyot” kitobi asosida onlayn tanlov. Bosh mukofot-$150
O‘zbekiston O‘zbekiston
09 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Economics Fundamentals Initiative (EFI) loyihasi tomonidan “Mantiqiy iqtisodiyot” kitobi asosida onlayn tanlov. Bosh mukofot-$150

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Economics Fundamentals Initiative (EFI) loyihasi tomonidan “Mantiqiy Iqtisodiyot” kitobi asosida uchinchi tanlov boshlanganligi haqida e’lon qilinadi. 

Tanlov 2022 yil 15 fevraldan – 10 aprelgacha onlayn tarzda o‘tkaziladi. Tanlov quyidagi uchta yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

“Eng yaxshi insho”(3 ta sovrin);

“Eng yaxshi video” (3 ta sovrin);

“Eng yaxshi fotosurat” (3 ta sovrin).

G‘oliblarga pul mukofoti, “Mantiqiy Iqtisodiyot”  kitobining nusxasini, g‘oliblik sertifikatini  beriladi hamda EFI O‘zbekistan jamoasining faxriy mehmoni bo‘lishadi.

Tanlov bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi shartlarni bajarish so‘raladi:

  •  "Mantiqiy iqtisodiyot" kitobi haqida nomzod o‘z fikrini bildirgan holda bir daqiqali qiziqarli videoni yozishi, ijodiy foto olish yoki farzandlari bilan chiroyli rasm chizishi, ijodiy insho yozishi kerak;
  • Nomzodlar o‘z ishini (insho, video, foto yoki rasm) Instagram sahifalariga yuklashlari va kitobning qaysi bobiga yoki kontsepsiyasiga ko‘proq mos kelishini izohlarda berishlari;
  • Izohlarda #EFIUzbekistanSpringCompetition2022 #CommonSenseSonomics #WIUT #EFIUzbekistan hashtaglarini qo‘yish va tanlovning Instagramdagi rasmiy sahifasi @EFIUzbekistanni belgilashi lozim.

Tanlovning shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov g‘oliblari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi:

  • 1-o‘rin: $150;
  • 2-o‘rin: $100;
  • 3-o‘rin: $50.
  • Barcha g‘oliblarga pul mukofoti o‘zbek so‘mda beriladi hamTXVU  mukofot marosimiga taklif qilinadi; 
  •  “Mantiqiy Iqtisodiyot”  kitobining nusxasini, g‘oliblik sertifikatini va EFI Uzbekistan jamoasining faxriy mehmoni bo‘lishadi.

Tanlovning imkoniyatlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

  • Mantiqiy iqtisodiyot” kitobini yuklab nomzod o‘z fikrini bildirgan holda bir daqiqali qiziqarli videoni yozishi, ijodiy foto olish yoki farzandlari bilan chiroyli rasm chizish, ijodiy insho yozish;
  • Tayyorlangan rasm,video,fotolarni izohlarda #EFIUzbekistanSpringCompetition2022 #CommonSenseSonomics #WIUT #EFIUzbekistan hashtaglarini qo‘yish va tanlovning Instagramdagi rasmiy sahifasi @EFIUzbekistanni belgilash inshoni esa  efiuzbekistan@gmail.com elektron manziliga yuborish so‘raladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Kitobni yuklab olish uchun havola: https://www.econfun.org/uz/downloads

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Economics Fundamentals Initiative (EFI) loyihasi tomonidan “Mantiqiy iqtisodiyot” kitobi asosida onlayn tanlov. Bosh mukofot-$150
09 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.