Tavsif
EducationUSA tashkiloti maktab oʻquvchilari uchun AQSh universiteti va kollejlariga hujjat topshirishda yordam beruvchi maxsus bepul onlayn tayyorlov kursini eʼlon qildi.
Dasturda AQShda oʻqishni niyat qilgan 15-17 yoshdagi maktab va kollej/litsey oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin. Dastur toʻliq onlayn tarzda ingliz tilida olib boriladi.
Kurs davomiyligi: 2022-yil oktyabrdan 2023-yil maygacha, haftada 4-5 soat davom etadi.