Tavsif
Joriy yilning 10-14-sentyabr kunlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Toʻdakoʻl hududida “Yashil Kelajak” Eco-Camp oromgohi tashkil etiladi. Mazkur oromgohda yoshlarning ekologik muammolarga oid takliflari, startaplar hamda ijtimoiy loyihalarini ilgari surish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun keng imkoniyat yaratiladi. Ishtirokchilar oromgohda bepul ishtirok etadi va tashkilotchilar tomonidan oromgohda kerakli vositalar bepul taʼminlanadi. Dastur doirasida respublika va xalqaro miqyosidagi trenerlar tomonidan seminarlar oʻtkaziladi.
Dasturda ekologik yoʻnalishdagi gʻoya yoki kreativ qarashlarga ega boʻlgan barcha toifadagi yoshlar 3 kishidan oshmagan jamoa shaklida qatnashishi mumkin. Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 5-sentyabrga qadar davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.