- Butun dunyo boʻylab 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin;
- Nomzodlar dengiz resurslarini himoya qilish va tegishli muammolarni mahalliy, milliy yoki mintaqaviy darajada hal qilish boʻyicha oʻzlarining innovatsion yechimlari bilan qatnashishi mumkin;
- Har bir nomzod yoki jamoadan faqat bitta taklif qabul qilinadi;
- Ingliz tilini bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi);
- Innovatsion yechimning barcha tafsilotlarini qamrab olgan video (3 daqiqadan ortiq boʻlmasligi kerak), audio, qisqa metrajli filmdan tortib badiiy asar, hikoya, sheʼr va boshqa har qanday formatdagi ijod namunasi tayyorlanishi lozim:
- Fayl ingliz tilida boʻlishi va hajmi maksimal 800 MBdan oshmasligi lozim;
- Gʻoliblar yaratgan ijod namunalari keng ommaga namoyish qilinadi. Shuning uchun u barcha uchun tushunarli boʻlishi kerak.
Taklif etilayotgan yechimlar quyidagi ustuvor yoʻnalishlardan biriga yoki bir nechtasiga mos kelishi lozim:
- Marine biodiversity and conservation: dengizning biologik xilma-xil muhitni boshqarish, himoya qilish va uning ekologik, madaniy, iqtisodiy yoki boshqa qadriyatlarini tiklashga qaratilgan innovatsiyalar yaratish lozim.
- Marine debris: dengizga tashlangan chiqindilarning dengizga taʼsirini kamaytirish va ularni monitoring qilish, tozalash va qayta ishlash uchun yangi yechimlar taqdim etish kerak;
- Public-private collaboration: dengiz hayоtini himoya qilish uchun xususiy sektor, hukumatlar va jamoatchilik oʻrtasida hamkorlik qilishga оid takliflar ishlab chiqish.
Yechimlar quyidagi mezonlar orqali saralanadi:
- Belgilangan ustuvor yoʻnalishlardan biri yoki bir nechtasiga mos kelishi;
- Ekologik bilimlarning murakkab muammolarni hal qilishdagi rolini koʻrsatishi;
- Barqaror kelajak uchun uzoq muddatli oʻzgarishlarni yaratishga yordam berishi;
- Taʼlim, fan, aloqa, siyosat va boshqa sohalarni oʻz ichiga olgan bir qator yondashuvlarni birlashtirishi lozim.
Takliflar quyidagi xususiyatlarni oʻzida jamlagan boʻlishi kerak:
- Gʻoyaning innovatsionligi;
- Ekologik bilimlarni oshirishi;
- Jamiyatga yoʻnaltirilgan boʻlishi;
- Barchani birgalikda ishlash uchun birlashtirishi;
- Amalga oshiriladigan aniq harakatlarga yoʻnaltirilganligi;
- Yaratilgan yechimlar ishonchli tadqiqot manbasiga ega boʻlishi (manbalarning ishonchli yoki ishonchli emasligini qanday aniqlash mumkinligi haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin);
- Amalda qoʻllashning imkoniyati boʻlishi lozim.
Eslatma: Natijalar nomzodning ingliz tilini bilish darajasiga qarab baholanmaydi. Lekin nomzod oʻz yechimining kuchi tomonlari, asosiy gʻoyalari va oʻzining shaxsiy qarashlarini hakamlarga ingliz tilida toʻliq yetkazib berishi lozim.
Maqbullik shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.