Tavsif
"El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2022-yil 20-sentabrdan boshlab xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida taʼlim olish uchun 226 oʻringa moʻljallangan 3-ochiq stipendiya tanlovlarini eʼlon qiladi.
Tanlov kvotasiga koʻra iqtidorli qizlarimizni xorijiy oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat dasturi boʻyicha 27 oʻrin, magistratura dasturi boʻyicha 10 oʻrin, jami 37 ta qoʻshimcha oʻrinlar ajratilmoqda.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tanlovida nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi uchun eng ustuvor sohalar, jumladan:
- kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT va raqamlashtirish, sunʼiy intellekt sohalari;
- atom va quyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa innovatsion yoʻnalishlari;
- sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, telemeditsina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya sohalari;
- elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya sohasining ustuvor tarmoqlari;
- mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish kabi muhim mutaxassisliklar boʻyicha ishtirok etadilar.
Stipendiya AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning nufuzli taʼlim va tadqiqot, innovatsiya va amaliyot maskanlarida to‘liq grant asosida taʼlim olish imkoniyatini beradi.