“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2021-2022 oʻquv yili uchun jami 350 oʻringa moʻljallangan ochiq stipendiyalar tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 Apr, 2021 · Muddat tugagan

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2021-2022 oʻquv yili uchun jami 350 oʻringa moʻljallangan ochiq stipendiyalar tanlovi

Bakalavr +2 To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2021-2022 yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

  • bakalavriat taʼlim dasturi uchun 100 nafar,
  • magistratura taʼlim dasturi uchun 150 nafar,
  • doktorantura taʼlim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratishi koʻzda tutilgan.

AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning eng nufuzli taʼlim va tadqiqot, innovatsiya va amaliyot maskanlarida taʼlim olish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Mutaxassisligi boʻyicha zarur mehnat staji;
  • Xorijiy tilni yaxshi bilishi;
  • Ilmiy maqolalarining mavjudligi;

Quyidagi shaxslar tanlovda ishtirok etolmaydi:

  • bakalavriat taʼlim dasturi boʻyicha 25 yoshdan katta boʻlgan, avval oʻxshash taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xorijda bakalavriatda taʼlim olganlar;
  • magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha 20 yoshdan kichik va 45 yoshdan katta shuningdek, avval oʻxshash taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xorijda magistraturada taʼlim olganlar;
  • doktorantura taʼlim dasturlari boʻyicha 22 yoshdan kichik va 45 yoshdan katta boʻlgan, avval falsafa doktori (PhD), fan nomzodi yoki fan doktori (Dr) ilmiy darajasini xorijda olganlar;
  • mehnat staji 2 yildan kam boʻlmaganlar;
  • oliy maʼlumotga ega boʻlmaganlar;
  • davlat hokimiyatining saylab qoʻyiladigan organlarida faoliyat yuritayotganlar;
  • ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlari uchun sudlanganlar.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • oʻqish toʻlovi;
  • viza xarajatlari;
  • stipendiatlarning yoʻl kira xarajatlari;
  • yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari (ikkala tomonga koʻpi bilan yiliga bir marta);
  • tibbiy sugʻurta;
  • ilmiy adabiyotlar, darsliklar xarid qilish, maqolalar chop etish va jurnallariga obuna boʻlish xarajatlari;

 

Topshirish jarayoni

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:

  • taʼlim dasturi, shu jumladan oʻqiydigan mutaxassisligi, tanlangan mamlakat, taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasa koʻrsatilgan holda belgilangan shaklda Jamgʻarma ijrochi direktori nomiga ariza;
  • pasport nusxasi;
  • ish joyi va lavozimi saqlanishi yoki dastur tugagach, ishga joylashtirish boʻyicha majburiyatlar aks etgan buyurtmachining kafolat xati (tanlov gʻoliblari uchun);
  • CEFR, IELTS yoki TOEFL sertifikati;
  • oʻqishga qabul qilinganligi haqidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance);
  • maqolalari roʻyxati va uning elektron varianti;
  • tavsiyanoma xati;

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura, PhD

O‘zbekiston “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2021-2022 oʻquv yili uchun jami 350 oʻringa moʻljallangan ochiq stipendiyalar tanlovi
30 Apr, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.