Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasidan “Doʻstlik” videoroliklar tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
20 Iyl, 2021 · Muddat tugagan

Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasidan “Doʻstlik” videoroliklar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (OʻzEOAVMA) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi va Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Doʻstlik” videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.
30 iyul – “Xalqlar doʻstligi kuni”ga bagʻishlangan mazkur tanlov Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi turli millat va elatlar oʻrtasidagi totuvlikni mustahkamlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy madaniy markazlar, doʻstlik jamiyatlarining faoliyati, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-gumanitar va doʻstlik aloqalarini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida turli millatlar tili, madaniyati, anʼanalari, urf-odatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish gʻoyalarini aks ettiradi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlov qo‘yidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • “Eng yaxshi videorolik”;
  • “Havaskor yoshlar tayyorlagan eng yaxshi videorolik”;
  • “3D” o‘lchamdagi eng yaxshi videorolik”.

Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Har bir nominatsiyalar boʻyicha tanlov gʻoliblari alohida tartibda:

1- oʻrin — 50 million;
2- oʻrin — 30 million;
3- oʻrin — 15 million.

Shuningdek, 10 ta ragʻbatlantiruvchi oʻrin — 5 million soʻmdan mukofotlanadi.

“Doʻstlik” videoroliklar tanlovi gʻoliblari 2021 yil 28 iyul kuni — “Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tadbirlarida taqdirlanadilar.

Topshirish jarayoni

Videoroliklar 2021 yilning 20-iyuliga qadar Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalarining milliy assotsiatsiyasiga telegram orqali +998 94 652 66 95 raqamga yoki https://t.me/yuldosheva0 havola orqali yuborilishi lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 1a uy (Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi binosi).

Murojaat uchun telefonlar: + 998 94 652 66 95; + 998 94 642 22 12;

Telegram raqam: (94) 652-66-95, elektron manzili ozeoavma@gmail.com.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasidan “Doʻstlik” videoroliklar tanlovi
20 Iyl, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.