Tavsif
Energetika sohasiga qiziqqanlar, talaba va shu sohada faoliyat olib borayotgan barcha mutaxassislar uchun Toshkentda oʻtkaziladigan bepul 2 kunlik trening — EETC (Energy Expert Training Center) taqdim etiladi. Trening 2024-yilning 26-27-sentyabr kunlari Toshkent shahridagi Adju universitetida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Dastur uch bosqichdan iborat:
- Basic — bunda energiyaning asosiy tushunchalari va nima uchun energiya diagnostikasi zarurligi bilan tanishtiriladi;
- Advanced — bunda har bir obyektning ishlash tamoyillari va energiya yoʻqotish sabablari tahlil qilinadi;
- Master — bunda har bir obyektni tahlil qilish asosida energiya sarfini kamaytirish usullarini oʻrganiladi va amaliy mashqlar bajariladi.
Maʼlumot uchun: Koreya iqlim oʻzgarishi instituti (KICC) Koreya energetika agentligi (KEA) va Oʻzbekiston Energetika vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Energetika boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash markazi (EETC) tashkil etilgan. Markaz energiya diagnostikasi kompaniyalari tomonidan qoʻllaniladigan yuqori darajadagi professional uskunalar bilan jihozlangan. Ushbu loyiha 2021-yildan 2025-yilgacha 5 yil muddatga moʻljallangan. Loyihadan asosiy maqsad energiya samaradorligini oshirish va issiqxona gazlarini kamaytirish maqsadida Oʻzbekistonda energetika sohasi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.