Tavsif
QA muhandisi ishlab chiqilgan mahsulot sifatini ta'minlaydigan mutaxassisdir. Sinovchilar dasturiy ta'minotni ishlab chiqish guruhi bilan yaqindan hamkorlik qilib, mahsulotni foydalanuvchilarga chiqarishdan oldin uning to'g'ri ishlashini tasdiqlashadi. EPAM kompaniyasi ana shunday mutaxassislarni tayyoralsh uchun trening tashkil etmoqda.
Trening shakli: onlayn, bepul.
Trening ishchi tili: ingliz tili
Ta'lim jarayoni: Dastur ikki bosqichni o'z ichiga oladi. Birinchisida uch hafta davomida mustaqil o'rganish uchun berilgan materiallar o'zlashtiriladi.
Yakuniy test natijasi va suhbat asosida ikkinchi bosqichga o'tiladi. Uch oy davomida tajribali ustozlar yordami bilan QA ko'nikmalari oshiriladi.
Treningning ikki bosqichini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar dasturiy ta'minotni sinovdan o'tkazish laboratoriyasida o'qishni davom ettiradilar. Eng yaxshi bitiruvchilar loyiha amaliyotiga taklif qilinadi va EPAMda ochiq ish o'rinlari uchun ko'rib chiqiladi.