EPAM kompaniyasidan Python bo'yicha bepul fundamental kurs
O‘zbekiston O‘zbekiston
01 Apr, 2023 · Muddat tugagan

EPAM kompaniyasidan Python bo'yicha bepul fundamental kurs

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Ushbu dastur dasturlash sohasida katta tajribaga ega boʻlgan EPAM jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. Kurs nazariy materiallarni oʻrganish bilan boshlanadi, soʻngra viktorina va amaliy topshiriqlar yordamida olgan bilimlar mustahkamlanadi.

Ushbu Python Core oʻquv kursi Python asoslarini oʻrganishinga va ularni amalda qoʻllashga yordam beradi. Zarur oʻquv materiallardan kunning istalgan vaqtida foydalanish mumkin. Vazifalar ularni tugatish bilan avtomatik ravishda tekshiriladi.

Dastur tili: Ingliz tili

Oʻtkazilish joyi: Masofaviy

Ma’lumot uchun: TIOBE va PYPL reytinglarining 2022-yil iyun oyidagi xulosasiga koʻra, Python dunyodagi eng mashhur dasturlash tili hisoblanadi. Bu Web Development, Data Science, DevOps, GameDev va boshqa koʻplab sohalarda qoʻllaniladigan sodda va ahamiyatli dasturlash tilidir.

Dastur rejasi quyidagi mavzularni oʻz ichiga oladi:

  • Python bilan tanishish;
  • Rivojlanish muhiti;
  • Ma’lumotlar turlari;
  • Funksiyalar;
  • Modullar va paketlar;
  • Python’da OOP.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Ushbu dasturga Gruziya, Oʻzbekiston, Armaniston, Qozog'iston hamda Qirg'iziston davlati fuqarolari va shu mamlakatlarda yashaydiganlar ariza topshirishlari mumkin.   
  • Ma'lumotlar tuzilishi va algoritmlari bilan tanish bo'lish, ingliz tilini kamida A2 darajada bilish, OOP (obyektga yo'naltirilgan dasturlash)dan xabardor bo'lish.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda mutlaqo bepul qatnashish;
  • Darslarni 24/7 formatda istalgan payt onlayn o'qish va dars bo'yicha muntazam fikr-mulohazalar olib turish;
  • EPAM’ning tajribali mentorlaridan dars olish.

Topshirish jarayoni

Hujjat topshirish:

  1. Sayt orqali roʻyxatdan oʻtish.
  2. Soʻngra ingliz tilidan berilgan testni yakunlash (natijangiz A2 yoki undan yuqori boʻlishi kerak);
  3. Testni tugatgach foydalanuvchiga havola taqdim qilinadi. Shu havola orqali kursni boshlashingiz mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 4.5

O‘zbekiston EPAM kompaniyasidan Python bo'yicha bepul fundamental kurs
01 Apr, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.