Tavsif
10 yildan ortiq tajribaga ega EPAM o'quv markazi SAP dasturini endi o'rganishni boshlaganlar uchun bepul onlayn kursni taqdim qiladi. Hozirda bu markaz 300 dan ortiq SAP muhandislarini yetkazib berdi va ular EPAM kompaniyasida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqdalar.
SAP dasturchilarining asosiy vazifasi yangi mahsulotlarni yaratish va mijoz tomonidan talab qilinadigan variantlar bilan mavjud funksionallikni kengaytirishdan iborat. Ular ABAP tilida malakaga ega bo'lishlari va SQL tilidan mustaqil foydalana olishlari lozim. SAP dasturchilari biznes sohasini va uning o'ziga xos imkoniyatlarini tushunishlari, shuningdek, mijozning uchun mahsulotni yetkazib berishning samarali yechimlarini topishlari lozim.
Ma'lumot uchun: SAP — biznes boshqaruvi uchun zamonaviy texnologiyalar yordamida korporativ yechimlar yaratish uchun foydalaniladigan ilovalarni ishlab chiqaruvchi jahonning yetakchi platformalaridan biridir. Forbes ma'lumotlariga ko'ra, SAP korporativ amaliy dasturlarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Uning mijozlari orasida Adidas, Google, Coca-Cola, Volkswagen ham bor.
Kurs haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.