Tavsif
Oʻzbekistondagi Erasmus loyihalari boʻyicha tadqiqot qilish imkoniyati — National Erasmus Programme taqdim etiladi.
Dasturda asosiy maqsad Erasmus boʻyicha taqdim etilgan loyihalarning (2021-2026-yillardagi) Oʻzbekistondagi tarkibiy, institutsional va individual taʼsirini baholash uchun keng qamrovli tadqiqotini oʻtkazish uchun imkoniyat yaratishdan iborat.
Quyidagi dasturlar tahlil qilinadi:
- Capacity Building in Higher Education (CBHE);
- International Credit Mobility (ICM);
- Jean Monnet Actions (JMA);
- Erasmus Mundus Joint Master Degrees (EMJM);
- Erasmus Mundus Design Measures (EMDM).
Tadqiqot davomida nomzodlar quyidagilarni tayyorlashadi:
- National Impact Study Book (Milliy taʼsir tadqiqoti kitobini) yozish, tahrirlash va dizayn yaratish (ingliz tilida);
- PowerPoint taqdimotini tayyorlash (ingliz va oʻzbek tilida)
- Poster (ingliz va oʻzbek tillarida).
Dastur jami 3 oy davomida yaʼni 2026-yil 1-iyuldan 31-sentyabrgacha davom etadi va quyidagi bosqichlarga boʻlinadi:
1-oy: metodologiya ishlab chiqish, tadqiqotlar, intervyular, dala tashriflari;
2-oy: maʼlumot toʻplash, intervyular;
3-oy: tahlil, hisobot yozish, tasdiqlash, yakunlash.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.