Tavsif
Erasmus Mundus Joint Master Advanced Methods in Particle Physics dasturi 2025-2026-o‘quv yilida magistratura bosqichini zarralar fizikasi sohasida o‘qish uchun grant e’lon qiladi. Grant yutgan nomzodlar magistratura bosqichini Yevropaning markazida joylashgan uch davlat (Bologna, Dortmund, Clermont-Ferrand)da o‘qish, tajriba oshirish va madaniyatini o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi. Dasturga bakalavr bosqichini fizika yoki shunga yaqin sohalarda tamomlagan, yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega nomzodlar ariza topshirishlari mumkin. Dastur doirasida jami 18 talaba (bir millatdan 2 tadan ortiq olinmaydi) saralab olinadi. Saralab olingan nomzodlarning kontrakt to‘lovi dastur ma’muriyati tomonidan to‘liq to‘lab beriladi.
Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 16-martgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.