Eronda ishtirok etish bepul bo’lgan, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadigan talaba-yoshlar haftaligi
Eron Eron
09 Iyl, 2021 · Muddat tugagan

Eronda ishtirok etish bepul bo’lgan, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadigan talaba-yoshlar haftaligi

Yozgi maktab Qisman moliyalash

Tavsif

Erondagi Xalqaro talaba-yoshlar haftaligi dasturi talabalar tomonidan talabalar uchun tashkillashtirilgan ilmiy-madaniy tadbir hisoblanadi. Bu yilgi Xalqaro talaba-yoshlar haftaligi G’arbiy Osiyo taraqqiyot instituti hamda Allameh Tabataba'i universiteti tomonidan tashkillashtirilgan bo’lib, 2021-yilning 31-iyulidan 5-avgustigacha Tehronda bo’lib o’tadi. Xohlovchilar tadbirda onlayn tarzda ham qatnashishi mumkin. 

Dastur maqsadi - butun dunyo yoshlarini birlashtirish, bir-birlari bilan tanishib, fikr almashishga, turli muhokamalar olib borgan holda global muammolarni yechish bo’yicha qator g’oyalar ustida ishlashga targ’ib qilish.

Eronda bo'lib o'tadigan ushbu Xalqaro talabalar haftaligi har qanday yo'nalishdagi barcha talabalarni qabul qiladi. Yaqinda bitirgan talabalar, faol yoshlar va yosh rahbarlar ham hujjat topshirishlari tavsiya etiladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Bitiruvchi yoshlar, yoki yaqinda bitirgan talabalar, faol va yetakchi yoshlardan bo’lish;
  • 18-35 yosh oralig’ida bo’lish va ingliz tilida muloqot qila olish;
  • Istalgan soha vakili bo’lishi mumkin;

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Bepul o’quv-treninglar;
  • Turar joy, oziq-ovqat, ichimliklar xarajatlari qoplami;
  • Tehron bo’ylab bepul ekskursiyalar;
  • Kofe-breyk, madaniy dasturlar va tarixiy obidalarni ziyorat qilish imkoniyatlari va ularning xarajatlarini qoplash;
  • Turli millat va madaniyat vakillari bilan muloqot;
  • Turli sport inshootlaridan bepul foydalanish (basseyn, sport zallari, futbol maydonchasi va boshqalar);
  • Taniqli xalqaro olimlar va mutaxassislar ma’ruzalarida hamda interaktiv munozaralarda ishtirok etish;
  • Eron madaniyati va tabiati bilan yaqindan tanishish imkoniyati;

Eslatma

Eronga borish-kelish, viza hamda sug’urta xarajatlari nomzodlarning o’zlari tomonidan qoplanadi! 

Tashkilotchilar viza olish jarayonida ishtirokchilarga yordam berishadi. 

Topshirish jarayoni

  1. Arizalar onlayn shaklda ushbu havola orqali topshiriladi:
  2. Ariza topshirsh uchun oxirgi muddat: 2021-yil 10-iyul.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

Eron Eronda ishtirok etish bepul bo’lgan, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadigan talaba-yoshlar haftaligi
09 Iyl, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.