Estoniya davlatida bakalavr bitiruvchilari, magistratura, PhD talabalari uchun 5 oygacha tadqiqot olib borish imkonini beruvchi, to'liq moliyalashtiriluvchi Estophilus scholarship dasturi
Estoniya Estoniya
14 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Estoniya davlatida bakalavr bitiruvchilari, magistratura, PhD talabalari uchun 5 oygacha tadqiqot olib borish imkonini beruvchi, to'liq moliyalashtiriluvchi Estophilus scholarship dasturi

Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

Estoniya davlati tomonidan bakalavrning so‘nggi bosqich talabalari, magistratura, PhD bosqich talabalari hamda PhD darajasiga ega tadqiqotchilar uchun Estophilus scholarship grantini taqdim etadi. Ishtirokchilar 1-5 oy davomida Estoniyadagi ilmiy rahbarlari bilan o‘zlari tanlagan tadqiqotlari ustida ish olib boradilar. Grant g‘oliblariga oyiga €500 stipendiya hamda yo‘l xarajatlari uchun mablag‘ ajratiladi.

Dastur maqsadi xorijiy universitetlarda tahsil olayotgan talabalar va eston tili, madaniyatiga qiziqqan xalqaro tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashdir. Shuningdek, xalqaro talablar orasida bilimlar almashinuvini osonlashtirish  va  ularni  Estoniya haqida ko‘proq bilishlariga hissa qo‘shish.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Bakalavrning so'nggi bosqich talabasi, magistratura, PhD talabasi yoki PhD darajasiga ega bo'lishi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak;
  • Eston tilini bilish talab etilmaydi, lekin nomzodning bu tilni bilishi qo‘shimcha imtiyoz hisoblanadi;
  • Nomzod tanlagan tadqiqot mavzusi Estoniyaga mos bo‘lishi kerak;
  • Nomzod ariza topshirishdan oldin estoniyalik ilmiy rahbarini aniqlashi va u bilan birga tadqiqot olib borishga kelishishi kerak;
  • Ariza topshirish jarayonida nomzodning ilmiy rahbari tadqiqot mavzusining muhimligini tasqdiqlashi so‘raladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • O‘qish to‘lovi, sayohat xarajatlari, tadqiqot uchun kerakli mablag'lar ajratiladi
  • Oyiga yashash xarajatlari uchun  €500 stipendiya beriladi
  • Yo‘l xarajatlari uchun ham mablag‘ ajratiladi (O‘zbekiston nomzodlari uchun €820)

Topshirish jarayoni

Arizalar onlayn topshiriladi

Quyidagi hujjatlar so‘raladi:

  • Rasmiy ariza shakli
  • Tadqiqot rejasi
  • CV
  • Nomzodning bakalavrning so‘nggi bosqich talabasi ekanligi yoki magistratura, PhD talabasi ekani yoki PhD darajasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat
  • Estoniyalik rahbarning nomzodni qabul qilganligini tasdiqlovchi  hamda  tadqiqotning Estoniya uchun muhimligi ko‘rsatuvchi xat
  • Asosiy talablar bilan batafsil shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanib olinadi:

  • Ilovaning sifati ( maqsadning aniqligi, ish rejasi, kutilayotgan natijalar va boshqalar) va mavzu Estoniya bilan bog‘liqligi;
  • Nomzodning mutaxassisligi bilan taklif etilgan tadqiqot loyihasiga bog‘liqligi;
  • Nomzodning ilmiy ishi bilan Estoniyaga borib o‘tkazadigan tadqiqoti o‘rtasidagi bog‘liqligi va uning ahamiyati;
  • Tasdiq xatida Estoniyadagi tanlagan oliy o‘quv yurti yoki tadqiqot muassasasi nega tanlaganligini qay darajada asoslab berganligi va sabablari.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Estoniya Estoniya davlatida bakalavr bitiruvchilari, magistratura, PhD talabalari uchun 5 oygacha tadqiqot olib borish imkonini beruvchi, to'liq moliyalashtiriluvchi Estophilus scholarship dasturi
14 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.