Tavsif
Estoniyada joylashgan xalqaro aloqalar sohasida yetakchi hisoblangan University of Tartu tomonidan bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun bepul onlayn kurs.
Kurs mavzusi: “Impact of Changing EU-Russia Relations on the Development of Eastern Partnership” (Yevropa Ittifoqi va Rossiya munosabatlari oʻzgarishining Sharqiy sheriklik rivojlanishida oʻrni).
Ishtirokchilardan talab qilinadigan koʻnikmalar:
- Yevropa Ittifoqi va uning integratsiyasi, terminologiyasi haqida asosiy tushunchalarga ega boʻlish;
- Darslar butunlay onlayn boʻlganligi sababli onlayn oʻquv platformalarida (Zoom, Moodle) mustaqil ishlay olishlari soʻraladi;
- Shuningdek, koʻp millatli muhitda ishlash qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
Kursni tamomlagan ishtirokchilar sharqiy sheriklik va Yevropa Ittifoqi hamda Rossiya munosabatlari, asoslari, tarixi va asosiy siyosiy oʻzgarishlar haqida mustahkam tushunchaga ega boʻladilar.
Kurs 28-fevraldan 3-aprelga qadar davom etadi.