European Southern Observatory(ESO)ning Germaniyadagi qarorgohida ilmiy jurnalistika sohasiga qiziquvchilar uchun to'la moliylashtiriluvchi amaliyot dasturi
Germaniya Germaniya
30 Dek, 2025 · Muddat tugagan

European Southern Observatory(ESO)ning Germaniyadagi qarorgohida ilmiy jurnalistika sohasiga qiziquvchilar uchun to'la moliylashtiriluvchi amaliyot dasturi

Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

European Southern Observatory(ESO)ning Aloqa Boʻlimi Garching(Germaniya)dagi qarorgohida amaliyot dasturlariga qabul eʼlon qildi.

ESO ning Aloqa Boʻlimida amaliyotchilar ESO yangiliklari va press-relizlar, nashrlar, veb-sahifalar, video skriptlar, koʻrgazma panellari va boshqa ommaviy aloqa mahsulotlarini tayyorlash uchun professional ilmiy kommunikatorlar jamoasi bilan ishlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Turli loyihalarda ishtirok etish va tashkilotning koʻmagi orqali amaliyotchilar quyidagilarni oʻrganish imkoniga ega boʻladi:

  • ESO missiyasi va uni amalga oshirishda Aloqa Boʻlimining ahamiyati va masʼuliyati haqida;
  • Yirik xalqaro ilmiy tashkilot amalda qanday ishlashi, xususan, Aloqa Boʻlimidagi amaliy ish jarayonlari, tartiblari;
  • Qanday qilib murakkab ilmiy masalalar haqida qiziqarli va tushunarli tarzda yozish mumkinligi;
  • Katta tadbirlar va loyihalarni muvofiqlashtirish uchun nima talab qilinishi;
  • Ilm-fanni omma uchun jozibador va qulay qilish uchun yozma matn va audiovizuallarni qanday birlashtirish mumkinligi.

Amaliyot dasturiga yil boʻyi ariza topshirish mumkin. Arizalar har 4-6 oyda bir marta koʻrib chiqiladi. Amaliyot Germaniyaning Garxing shahrida boʻlib oʻtadi va 6 oy davom etadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Barcha davlat fuqarolari hujjat topshirishi mumkin;
  • Astronomiyaga oid loyihalar boʻyicha ilmiy tajriba orttirmoqchi boʻlgan nomzodlar afzal koʻriladi;
  • Nomzod ingliz tilida ilmiy aloqa/jurnalistika, xususan, astronomiya yoki boshqa fizika fanlarini yozma (maqola) koʻrinishda ommaga yetkazish boʻyicha tajribaga ega boʻlishi kerak;
  • Ilmiy maqolalarni tushunishga imkon beruvchi astronomiya bilimiga ega boʻlishi kerak;
  • Ogʻzaki ingliz tilini ham yaxshi bilishi kerak;
  • MS Office dasturlarida (Word, Excel va PowerPoint) bemalol ishlay olishi kerak;
  • Hozirda fan, ilmiy aloqa yoki ilmiy jurnalistika boʻyicha universitetda oʻqiyotgan yoki yaqinda tamomlagan nomzodlarga afzallik beriladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Germaniyaga borish va qaytish uchun parvoz xarajatlari qoplanadi;
  • Yashash xarajatlarini qoplash uchun oylik stipendiya beriladi;
  • Turar-joy bilan taʼminlanadi;
  • Shaxsiy rivojlanish va jamoaning bir qismi sifatida ishlash imkoniyati mavjud boʻladi;
  • Turli soha va millat vakillari bilan ishlash va tajriba orttirish uchun imkoniyat paydo boʻladi.

Eslatma: Ushbu amaliyot dasturi davomida qatnashchilarga pul toʻlanmaydi (unpaid).

Topshirish jarayoni

Nomzodlar onlayn tarzda ariza topshirishlari lozim. Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi va har 4-6 oyda bir marta koʻrib chiqiladi. Amaliyot Germaniyaning Garxing shahrida boʻlib oʻtadi va 6 oy davom etadi.

Talab etiladigan hujjatlar:

  • Motivatsion xat (1 bet).
  • CV (2 bet).
  • 2 ta yozma ish namunalari (har biri 5 betdan oshmasligi kerak). Yozma ish namunalari nomzodning ilmiy mavzularni oʻquvchilarga yetkazib berish qobiliyatini koʻrsatib beruvchi blog postlar, jurnal va gazeta maqolalari, press-relizlar va boshqalar boʻlishi mumkin.

Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Savol va murojaatlar uchun: vacancy@eso.org

Muhim: Nomzodlar amaliyot dasturiga ariza topshirishdan avval quyidagi koʻnikmalarga ega boʻlishlari lozim:

  • Ilmiy tadqiqotlarni tushunish, va ularni oddiy tushunchalar orqali umumiy auditoriyaga qiziqarli va aniq qilib yetkazib bera olish;
  • Yozma va ogʻzaki xabarlarni aniq, qisqa va oʻz vaqtida taqdim etish;
  • Vaqt bosimi ostida ishlash va kelishilgan muddatlar va standartlarda yetkazib berish;
  • Ham oʻz tashabbusi bilan, ham jamoaning bir qismi sifatida ishlay olish;
  • Turli xil madaniy kelib chiqishga ega boʻlgan va turli sohalardagi odamlar bilan yaxshi hamkorlik aloqalarini oʻrnata olish.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Tabiiy fanlar va matematika, Jurnalistika va OAV

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya European Southern Observatory(ESO)ning Germaniyadagi qarorgohida ilmiy jurnalistika sohasiga qiziquvchilar uchun to'la moliylashtiriluvchi amaliyot dasturi
30 Dek, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.