Tavsif
Facebook tadqiqot dasturi — bu akkreditatsiyalangan universitetda informatika va muhandislik bilan bogʻliq sohalarda innovatsion va ahamiyatga ega boʻlgan tadqiqotlar olib borayotgan istiqbolli doktorantlarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan global dastur. Dastur har yili Facebook kompaniyasi tomonidan tashkil qilinadi va moliyalashtiriladi.
PhD taʼlimining istalgan bosqich talabalari hujjat topshirishlari mumkin. Shuningdek, dastur turli millatlardan boʻlgan, turlicha tajribaga va tarixga ega boʻlgan, ayniqsa anʼanaviy tarzda jamiyatda ozchilikni tashkil qiluvchi guruhlarning ariza topshirishini qoʻllab-quvvatlaydi. Arizalar talabaning tadqiqot bayonoti, nashr yozuvlari va tavsiyanomalarning kuchiga qarab baholanadi.
Dastur gʻoliblarining ikki yillik oʻqish puli va toʻlovlari toʻlab beriladi, hamda yashash va konferensiya safari xarajatlarini qoplash uchun yillik 42,000 dollarlik stipendiya, har yili oʻtkaziladigan Hamdoʻstlik Sammiti uchun Facebook bosh ofisiga pullik tashrif va Facebook tadqiqotchilari bilan muloqotda boʻlish va birga ishlash imkoniyatlariga ega boʻladilar.
Ishrikorchilar quyidagi yo'nalishlarda tadqiqot olib borishlari mumkin:
- AI tizimida HW SW dizayni
- Amaliy statistika
- AR/VR kompyuter grafikasi
- AR/VR kelajak texnologiyalari
- AR/VR inson va kompyuterning oʻzaro taʼsiri
- AR/VR insoniy tushunish
- AR/VR idrok, bilim va harakat
- AR/VR fotonikasi va optika
- Ovoz mavjudligi
- AR audio
- Blokcheyn va kripto iqtisodiyot
- Hisob-kitobga doir ijtimoiy fanlar
- Maʼlumotlar bazasi tizimlari
- Tarqatilgan tizimlar
- Iqtisodiyot va hisob-kitob
- Networking
- Maxfiylik va maʼlumotlardan foydalanish
- Dasturlash tillar
- Maxfiylik va xavfsizlik