Tavsif
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikda Falling Walls Lab — ilmiy-innovatsion gʻoyalar tanlovini taqdim etadi. Ushbu dasturda taniqli olimlar, tadqiqotchilar, tadbirkorlar, talabalar va innovatorlar barcha sohalar boʻyicha qatnashishi mumkin.
Ishtirokchilar ilm-fan va jamiyat hayotiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan tadqiqotlarni atigi 3 daqiqa ichida hakamlar hayʼatiga namoyish qilish orqali innovatsion gʻoyasini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlishlari mumkin. Bundan tashqari, gʻoliblar final bosqichiga Germaniyaga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.