Tavsif
The Humboldt Research Fellowship dasturi barcha tadqiqot yoʻnalishidagi tajribali tadqiqotchilar va fan doktor/doktorantlar uchun moʻljallangan dastur hisoblanadi.
Mazkur dastur gʻoliblari Germaniyada oʻz sohasi boʻyicha 6 oydan 24 oygacha boʻlgan muddatda tadqiqot olib borish imkoniga ega boʻladi. Ushbu muddat davomida dastur gʻoliblariga oylik stipendiya va qoʻshimcha yordam toʻlovlari beriladi.
Tadqiqot rejasi Germaniyadagi ilmiy muassasalarda akademik mezbonlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Dasturga ariza beruvchilar oʻzlarining tadqiqot mavzusini va Germaniyadagi akademik mezbonlarini (host academics) tanlaydilar.
Mazkur dasturda barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin. Dasturda ishtirok etish uchun ingliz yoki nemis tilini bilish kerak.
The Humboldt Research Fellowship dasturi haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali oʻqish mumkin.