Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi internet tarmogʻida oʻzbek tilidagi maʼlumotlar hajmi va koʻlamini kengaytirish hamda global innovatsion indeksda respublikamiz oʻrnini mustahkamlashga jalb qilish, shuningdek, yosh avlodning ijtimoiy faolligi, internet savodxonligi va izlanuvchanligini ragʻbatlantirish maqsadida tanlov eʼlon qiladi.
Tanlov 2022-yilning 10-mayidan 10-iyuniga qadar faol talaba yoshlar oʻrtasida “Wikipedia” portalining oʻzbek tilidagi segmentiga yangi maʼlumotlar va maqolalarni joylashtirish hamda ularni ommalashtirish boʻyicha oʻtkaziladi.
Tanlovda barcha oliy taʼlim muassasalari hamda ular qoshidagi akademik litsey, kasb-hunar maktablari va texnikum talabalari ishtirok etishi mumkin.
Tanlov yakuniga koʻra eng koʻp maqola joylashtirgan 10 nafar talaba-yoshlar va talabalari eng koʻp maqola joylashtirgan 3 nafar oliy taʼlim muassasasi munosib taqdirlanadi.
Gʻoliblarga sertifikat hamda qimmatbaho sovgʻalar beriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
Dastur maqbullik shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Tanlov 2022-yilning 10-mayidan 10-iyuniga qadar davom etadi.