Tavsif
Yoshlar, dasturchi, startapchi va sunʼiy intellekt ixlosmandlari uchun “National AI Hackathon”ning navbatdagi hududiy bosqichi boʻlib oʻtadi.
Ishtirokchilar jamoalari bilan birgalikda real muammolar uchun sunʼiy intellektga asoslangan innovatsion yechimlar ishlab chiqish, tajribali mentorlar bilan ishlash hamda loyihalarini ekspertlar oldida taqdim etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Fargʻona bosqichi quyidagi yoʻnalishlarni qamrab oladi:
Sogʻliqni saqlash;
Taʼlim;
Tadbirkorlik;
Kosmik texnologiyalar.
Dastur 2026-yilning 20–23-may kunlari Fargʻona shahrida oʻtkaziladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.