Farg‘ona vodiysi chekka hududlari korxonalarini rivojlantirish loyihasi startaplar akseleratsiyasi uchun ochiq tanlov
O‘zbekiston O‘zbekiston
20 Mar, 2023 · Muddat tugagan

Farg‘ona vodiysi chekka hududlari korxonalarini rivojlantirish loyihasi startaplar akseleratsiyasi uchun ochiq tanlov

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Innovatsion rivojlanish agentligi (agentlik), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi bilan hamkorlikda “Farg‘ona vodiysida chekka hududlar korxonalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida startaplarni akselerasiya dasturiga tanlov e’lon qiladi.

Ushbu tanlov kompaniyalarga biznesni rivojlantirishdan to pitching (investorlarni jalb qilish uchun vizual taqdimot) gacha bo‘lgan barcha sohalarni qamrab oluvchi yangi tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va xalqaro muhitda qo‘llaniladigan ilg‘or tajribani o‘rganish borasida qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

Startaplar uchun tanlov muayyan sohalar uchun yopiq bo‘lmaydi, barcha sohalar benefisiar bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi. Quyida turli sohalarning misollari keltirilgan:

  • Qishloq xo‘jaligi
  • Transport va logistika xizmatlari
  • Turizm va mehmonxona xizmatlari
  • To‘qimachilik sanoati va yengil sanoat
  • Injiniring va yangi texnologiyalar
  • Oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish va oziq-ovqat sanoati
  • Yerni, atrof muhitni yoki tabiiy resurslarni boshqarish
  • Sug‘orish va suv resurslarini boshqarish
  • Iqlimga chidamli yoki yashil texnologiyalar

Tanlovning rasmiy tili o‘zbek tili hisoblanadi. Boshqa har qanday tilda yaratilgan materiallar tanlovda baholanmaydi.

Tanlovning me'zoni bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Ochiq tanlovlarda ishtirok etish uchun qabul qilingan nomzodlar — innovasion startaplar, kengaytirilishi mumkin bo‘lgan biznes-modeli bo‘lgan, 3 yildan ortiq bo‘lmagan kompaniyalar va loyihalardir.

  • Startaplar texnik yangiliklarni joriy etishga, mavjud biznes-modellarni, mahsulotlarni yoki xizmatlarni yaxshilash va o‘zgartirishga asoslanishi kerak;
  • Loyihalar ishlayotgan kompaniya yoki biznes bo‘lishi shart emas, ishtirok etish huquqiga ega bo‘lish uchun yaxshi g‘oya yoki prototip bo‘lishi yetarli;
  • Tanlovda faqat Farg‘ona vodiysida (Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari)
    qonuniy yashovchi /rezident bo‘lgan arizachilar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Eng istiqbolli startaplar tanlab olinganidan keyin, startaplarni akselerasiya dasturidan o‘rin olgan va ular bilan shartnoma imzolashga tayyor nomzodlar, agentlik tomonidan beriladigan qo‘shimcha yordamdan foydalanishi mumkin;
  • Tanlab olingan startaplar agentlik tomonidan taklif etilgan innovasion markazlarda tegishli obyektlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi;
  • Ko‘pi bilan 20 000 AQSH dollari miqdorida sarmoya olishi mumkin bo‘ladi.

Topshirish jarayoni

Faqat tanlovning elektron pochtasi orqali opencall@ferghana-valley-incubator.com manziliga va ochiq tanlovning muddati davomida yuborilgan takliflar, qabul qilinadi. Boshqa har qanday usulda topshirilgan takliflar avtomatik ravishda rad etiladi, va baholanmaydi.

Faqat arizaning shakliga kiritilgan hujjatlar Baholovchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Hujjatlar PDF formatida yuborilgan bo‘lishi kerak. Taqdim etilgan ma’lumot hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan, haqqoniy va to‘liq bo‘lishi kerak, va taklifni baholash imkonini beradigan bo‘lishi kerak.

Ariza shakli 4 ta hujjatdan iborat:

(1) Arizachi haqida ma’lumot,

(2) Innovasion g‘oya shakli,

(3) Biznes-reja shakli

(4) Gʻoyani amalga oshiruvchi jamoa.

Arizachi taklifni topshirish paytida kerakli moliyaviy ma’lumotlarni (masalan oldingi va kelajakdagi baholashlar) taqdim etishi lozim. Bu ma’lumotni taqdim etish baholash uchun majburiy hisoblanadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Farg‘ona vodiysi chekka hududlari korxonalarini rivojlantirish loyihasi startaplar akseleratsiyasi uchun ochiq tanlov
20 Mar, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.