Eng yaxshi infratuzilma loyihalar uchun grantlar
Yoshlar ishlari agentligi va BMTning “Fargʻona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uygʻunligi” qoʻshma dasturi Oʻzbekistondagi mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari orasida ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalar tanlovini eʼlon qiladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan eng dolzarb loyihalarni amalga oshirish uchun 10.000 AQSH dollarigacha grantlar taqdim etiladi.
Loyihalar mahalliy jamiyat hayotiga qulayliklar olib kiradigan quyidagi yo'nalishlarda bo'lishi mumkin:
Loyihaga Fargʻona vodiysidagi barcha NNTlar ariza topshirishlari mumkin.
Arizalar 2021-yil 10-avgust soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Batafsil maʼlumotlarni un4youth@gmail.com pochta manziliga murojaat yozib bilib olishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni un4youth@gmail.com pochta manziliga murojaat yozib bilib olishingiz mumkin.