Fargʻona vodiysidagi iqtidorli yoshlar uchun Hack4DigitalVillages mintaqaviy xakatoni

Fargʻona vodiysidagi iqtidorli yoshlar uchun Hack4DigitalVillages mintaqaviy xakatoni

  • 01/11/2023 Qabul boshlanishi
  • Bepul ta'lim Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 22/11/2023 18:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    16 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

BMT FAO va YeXHTʼning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori IT Park va CGIAR Accelerate for Impact Platform koʻmagida Fargʻona vodiysidagi iqtidorli yoshlar uchun qishloq xoʻjaligi va raqamli fermerlik sohasida Hack4DigitalVillages mintaqaviy xakatonini taqdim etadi. Ishtirok etish uchun 25 ga yaqin jamoalar tanlab olinadi.

Tadbirdan maqsad Fargʻona vodiysi yoshlarining intellektual va ijodiy qobiliyatlarini safarbar qilish va Oʻzbekiston Fargʻona vodiysidagi FAOʻning sinov tariqasidagi raqamli qishloqlar aholisiga foyda keltiradigan raqamli innovatsiyalarga eʼtibor qaratishdan iborat.

Dastur ishtirokchilarga noyob muammolarni hal qilish va mahalliy fermerlarning qishloq xoʻjaligi amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan raqamli yechimlarni birgalikda yaratish va ishlab chiqish uchun platformani taqdim etadi. Tadbir 24-26 noyabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filialida boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilarning xilma-xilligini taʼminlash maqsadida xakaton oʻzbek va ingliz tillaridan rus tiliga sinxron tarjima qilingan holda oʻtkaziladi.

Maʼlumot uchun: Hack4DigitalVillages innovatsion xakatoni — FAO va YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatorining ikkita tashabbusi doirasidagi maxsus tadbir. FAOʻning Oʻzbekistondagi “Digital Villages Initiative” (DVI) tashabbusi qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini oshirish, fermerlarning raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va Fargʻona vodiysining qishloq hududlarida hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. DVI tashabbusi Novkent va Yuksalish qishloqlarini raqamli rivojlanish bosqichiga yoʻnaltirish maqsadida 2023-yili Oʻzbekistonda ishga tushirilgan. Ushbu tashabbus jamoatchilik ishtirokiga asoslangan boʻlib, qishloq aholisi, ayniqsa, yoshlarning qishloq jamoalari duch keladigan muammolarni birgalikda aniqlash va hal qilish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Xakatonda yosh dasturchilar, qishloq xoʻjaligi mutaxassislari va texnologiya ixlosmandlari qatnashishi mumkin (Fargʻona vodiysidagi universitet talabalari, qishloq xoʻjaligi muammolari yechimlarini ishlab chiqishga qiziqqan IT mutaxassislari, qishloq xoʻjaligi sohasidagi mutaxassislar, marketing boʻyicha mutaxassislar, mahsulot egalari va Fargʻona vodiysi yoki uning atrofida yashovchi fermerlar);
  • Ishtirokchilar 16 yoshdan oshgan individual arizachilar va ikki yoki uch ishtirokchidan iborat jamoalar koʻrinishida boʻlishi mumkin;
  • Har bir jamoada ingliz tilini biladigan kamida bitta ishtirokchi boʻlishi kerak;
  • Fargʻona vodiysining qishloq aholisiga taʼsir koʻrsatayotgan quyidagi dolzarb muammolarni hal qilish uchun texnologiyalardan foydalangan holda istiqbolli va innovatsion yechimlar taqdim etilishi lozim:
    • Issiqxonalarni boshqarish;
    • Suvdan samarali foydalanish va sugʻorish;
    • Pestitsidlarni boshqarish va nazorat qilish;
    • Agrobiznesni rivojlantirish uchun taʼlim.

Muhim: Tanlov komissiyasi barcha arizalarni koʻrib chiqqan holda, yuqorida sanab oʻtilgan muammolarini hal qilish uchun Buyumlar interneti (IoT) va sunʼiy intellekt (SI) imkoniyatlarini tadqiq qilishga qaratilgan takliflarga alohida eʼtibor qaratadi.

Foydali tomonlari

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin; 
  • Eng yaxshi beshta jamoa umumiy qiymati $13,000 boʻlgan texnik jihozlar bilan mukofotlanadi;
  • Dastur doimiy murabbiylik va qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini taqdim etadi;
  • Ishtirokchilar fermerlar bilan uchrashish, tajriba almashish va ular bilan bevosita ishlash imkoniyatiga ega boʻladilar;
  • FAO, YeXHT, CGIAR, USAID, IT Park, universitetlar va boshqa tashkilotlar ekspertlaridan yordam va maslahatlar olish;
  • Oʻz yechim va taqdimotlarini takomillashtirish boʻyicha bir qator mashgʻulotlarda qatnashish.

Muhim: Murabbiylik toʻplami har bir jamoaning ehtiyojlariga moslashtirilgan individual murabbiylik mashgʻulotlari, olti oy davomida IT Park ofis maydoni, kompyuterlar va 3D printerlaridan foydalanish imkoniyatini oʻz ichiga oladi. 

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Eslatma: Roʻyxatdan oʻtish paytida jamoaga ega boʻlmagan ishtirokchilar xakatonning birinchi kunida oʻz sheriklarini topishlari mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 22-noyabr, 2023-yil (18:00);
  • Digital Villages Initiative tashabbusi haqida batafsil bu yerda;
  • Digital Villages Initiative tashabbusi Novkent va Yuksalish qishloqlaridagi aqlli sensorlar va jonli laboratoriyalar orqali qanday taʼsir oʻtkazgani haqida bu yerda;
  • Tel: +998 71 209 11 99;
  • Email: info@it-park.uz

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Oʻzbekiston
Fargʻona vodiysidagi iqtidorli yoshlar uchun Hack4DigitalVillages mintaqaviy xakatoni

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar