Tavsif
Felix Schoeller Photo Award - professional fotograflar va yosh fotografik isteʼdod egalari uchun xalqaro fotografiya mukofotlari.
Felix Schoeller Group 2013-yildan buyon har ikki yilda bir marta xalqaro miqyosda fotosuratlar tanlovini tashkil qiladi va eng munosib nomzodlarni taqdirlaydi. Tanlovda 18 yoshdan katta boʻlgan barcha professional yoki endi o'sib kelayotgan (masalan, professional treninglarda qatnashayotgan) fotograflar oʻz ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi mumkin. Ishtirok etish mutlaqo bepul.
Tanlov 5ta toifa boʻyicha tashkil etiladi:
- Portret. Ushbu toifada inson qiyofasining istalgan uslubdagi kreativ portret fotosuratlari bilan ishtirok etish mumkin;
- Fotojurnalistika. Ushbu toifada jurnalistik ahamiyatga ega boʻlgan voqealar yoki faktlar fotografik vositalar yordamida noodatiy tarzda hujjatlashtirilgan ishlar bilan ishtirok etish mumkin;
- Barqarorlik. Ushbu toifada Yer yuzi va jamiyatda barqaror rivojlanishning ahamiyatini aks ettiruvchi ishlar bilan ishtirok etish mumkin;
- Rivojlanayotgan fotografning eng yaxshi ishi. Rivojlanayotgan fotograflar mukofoti professional fotografiya olamidagi yosh isteʼdodlarni taqdirlaydi.
- Fotografiya uchun Germaniya Tinchlik Mukofoti fotografiya vositasida “tinchlik” mavzusiga konseptual tarzda murojaat qilgan ijodiy ishlarni taqdirlaydi.
Tanlov toifalari va ishtirok etish boʻyicha batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.