Tavsif
Toshkentdagi Xalqaro Nordik universiteti Finlandiya davlati bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo’lib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziyaga asosan faoliyat ko'rsatadi.
Xalqaro Nordik Universitetining rasmiy hamkorlari:
- Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti (UAS);
- “Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK)” umumta'lim maktabi;
- "Nokia" transmilliy korporatsiyasi;
- Finnish Water Forum kompaniyasi;
- “ISKU” kompaniyasi;
- "Qo‘qon universiteti".
Ta'lim yo‘nalishlari:
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
- Boshlang‘ich ta’lim;
- Maktabgacha ta’lim;
- Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha);
- Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”);
- TU BA (Hons) xalqaro biznes*;
- BU BSc (Hons) sanoat menejmenti*.
Universitet iqtidorli 10 ta talaba uchun grant (5 ta tabalaga 100%; qolgan 5 tasiga 50% gacha) ajratadi. Universitetning o'qish kontrakt narxlari bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.
Eslatma! 30-avgust kuni universitetga kirish uchun imtihon (1-guruh uchun) bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro Nordik universiteti haqida “Zamon” informatsion dasturida ham ma'lumot berilgan.