Tavsif
Dunyoning eng boy va rivojlangan davlatlaridan biri boʻlgan Finlyandiyada magistratura bosqichini talab yuqori boʻlgan sohalarda: axborot xavfsizligi va bulutli hisoblash (cloud computing) yoʻnalishlarida toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi Erasmus Mundus qoʻshma hamkorlik dasturi granti eʼlon qilindi.
Dasturga hujjat topshirish uchun nomzodlardan shu sohalarga yaqin boʻlgan yoʻnalishlarda bakalavr bosqichini rasman tasdiqdan oʻtgan universitet yoki institutlarda yuqori baholarga tamomlagan boʻlishlari talab etiladi.
Asosiy talablar:
- Bakalavr bosqichini yuqori baholarga kompyuter fanlari, axborot texnologiyalari va matematika sohalari boʻyicha tamomlagan boʻlish;
- Ingliz tilini eng kamida IELTS 6.5, TOEFL iBT 92, TOEFL PDT (Reading 22, Listening 22), C1 Advanced, C2 Proficiency, Pearson Test of English 62 darajada bilish talab etiladi.
Muhim eslatmalar:
- Dasturga qabul qilingan so‘ng o‘tiladigan kurslar jadvali va univerisitet hayot tarzi haqida batafsil bu yerda o'qish mumkin;
- Hujjatlar onlayn holatda 2024-yil 4-yanvar Toshkent vaqti bilan 18:00 ga qadar yuborilishi kerak.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: