Finlandiyadagi dunyoning top 100 talik universitetlaridan bo'lgan Helsinki Universitetida magistratura bosqichida o’qish uchun to’liq va qisman moliyalashtiriluvchi grant dasturlari

Finlandiyadagi dunyoning top 100 talik universitetlaridan bo'lgan Helsinki Universitetida magistratura bosqichida o’qish uchun to’liq va qisman moliyalashtiriluvchi grant dasturlari

  • 01/12/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Finlandiya Davlat
  • 03/01/2024 18:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan
  • IELTS talabi
    minimum 6.5

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Ushbu grant Helsinki universitetining magistratura kursida o’qishni istagan Yevropa Ittifoqi yoki EEA (Yevropa Iqtisodiy hududi) tarkibiga kiruvchi davlatlar va Shveytsariya fuqarosi bo’lmagan talablar uchun mo’ljallangan dastur hisoblanadi. Dastur davomida talabalar turli sohalar bo’yicha magistratura bosqichini bepul o’qiydi va stipendiya bilan ta'minlanadi. Grantning 2 xil turi mavjud:

  • To’liq moliyalashtiriluvchi grant. Bunda talabalar o’qish kontraktidan ozod bo’ladilar va qo’shimcha €10.000 miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar;
  • Kontrakt to’lovini to’liq qoplovchi grant. Bunda talabalar faqat kontrakt to’lovidan ozod bo’ladilar.

Helsinki universiteti dunyoning nufuzli tadqiqot universitetlaridan biri hisoblanadi va eng yaxshi 100 ta universitetlar qatoriga kiradi.

Maqbullik shartlari

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Helsinki universitetining magistratura bosqichida o’qish uchun barcha talablarga javob berishi lozim (Magistrlik kurslarini tanlash uchun ushbu havolaga o’ting);
  • Nomzodlar Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa Iqtisodiy hududidagi davlatlar fuqarosi bo’lmasligi kerak (Batafsil ushbu havolada);
  • Oldingi bosqichdagi o’qishlarda a’lo baholar olgan bo’lishi lozim;
  • Finlandiyaga kirish vizasi va yashash uchun barcha talablarga munosib bo’lishi darkor;

Maqbullik shartlari haqida batafsil ma’lumot ushbu havolada.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladilar:

  • To’liq moliyalashtiriluvchi grant uchun ariza topshirganlar kontrakt summasiga qo’shimcha umumiy miqdori €10.000 ga teng bo’lgan stipendiya;
  • Kontrakt miqdorini to’liq qoplovchi grant uchun ariza topshirganlar dastur davomida bepul o’qish.

Qolaversa, har ikki turdagi grant yutganlar uchun qo’shimcha:

Batafsil ushbu havolada.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar:

  • Universitetning magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi;
  • Magistraturaga ariza topshirish davomida stipendiya uchun ariza topshirishi;
  • Barcha kerakli hujjatlarni yuklashlari kerak bo’ladi.

Ariza topshirish va kerakli hujjatlar haqida batafsil ma’lumot ushbu havolada.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Universitetning kontrakt miqdori 13,000 dan 18,000 yevrogacha.

Dastur 2 yil davom etadi. Barcha dasturga qabul qilingan talabalar stipendiya talablarini bajarish uchun to'liq vaqtda (full-time) o'qishlari (yiliga kamida 55 ECTS olishlari) lozim. Birinchi o'quv yilidan so'ng, o'zlashtirish ko’rsatkichlari tekshiriladi va shunga qarab keyingi yil uchun stipendiya beriladi. Aks holda, grant dasturi bekor qilinishi ham mumkin.

Finlandiya
Finlandiyadagi dunyoning top 100 talik universitetlaridan bo'lgan Helsinki Universitetida magistratura bosqichida o’qish uchun to’liq va qisman moliyalashtiriluvchi grant dasturlari

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar