Fizika va matematika fanlari boʻyicha xalqaro onlayn olimpiada — Phystech.International
Rossiya Rossiya
14 Sen, 2024 · Muddat tugagan

Fizika va matematika fanlari boʻyicha xalqaro onlayn olimpiada — Phystech.International

Bakalavr Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Rossiyaning eng nufuzli texnika universitetlaridan biri boʻlgan — Moskva fizika-texnika institutida grant asosida talaba boʻlish imkoniyatini beruvchi Phystech International Оlimpiadasiga roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda. 

Olimpiada fizika va matematika fanlaridan boʻlib oʻtadi. Olimpiada qatnashib yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarning ushbu universitetning bakalavr bosqichiga qabul qilinish imkoniyatlari oshadi. Dastur bir bosqichda onlayn boʻlib oʻtadi.

Qatnashish tartibi va qoidalari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Olimpiadada bakalavr bosqichini Moskva fizika-texnika institutida grant asosida oʻqishni istagan barcha davlat fuqarolari qatnashishlari mumkin;
  • Maktabni yoki oʻrta-maxsus taʼlim shaklini tugatmagan oʻquvchilar ham qatnashish imkoniyatiga ega. 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Olimpiadadan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar Moskva fizika-texnika institutida grant asosida oʻqishga kirish imkoniyatiga ega boʻlishadi;
  • Fizika va matematika boʻyicha olgan bilimlarni sinab koʻrish imkoniyati bo'ladi;
  • Olimpiadada dunyoning istalgan qismidan turib onlayn qatnashish mumkin.

Topshirish jarayoni

Olimpiadada qatnashish uchun asosiy saytga kiriladi, keyin PARTICIPATE tugmasini bosib, elektron pochta va kod kiritilganidan soʻng shaxsiy maʼlumotlarni to‘ldirib roʻyxatdan oʻtishni yakunlash mumkin.

Matematika fani 4 bosqichda  boʻlib oʻtadi

1-bosqich 

Sana: 28-sentyabr soat 10:00 dan 18:00 gacha boʻlib oʻtadi.

1-bosqichga tayyorgarlik koʻrish uchun materiallar bu yerda.

2-bosqich 

Sana: 28-sentyabr 14:00 dan 18:00 gacha boʻlib oʻtadi.

2-bosqichga tayyorgarlik koʻrish uchun materiallar bu yerda.

3- bosqich

Sana: 5-оktyabr 10:00 dan 14:00 gacha boʻlib oʻtadi.

3-bosqichga tayyorgarlik koʻrish uchun materiallar bu yerda.

4-bosqich 

Sana: 5-оktyabr 14:00 dan 18:00 gacha boʻlib oʻtadi.

4-bosqichga tayyorgarlik koʻrish uchun materiallar bu yerda.

Fizika fani 4 bosqichda  boʻlib oʻtadi

1-bosqich 

Sana: 29-sentyabr soat 10:00 dan 14:00 gacha boʻlib oʻtadi.

1-bosqichga tayyorgarlik koʻrish uchun materiallar bu yerda.

2-bosqich 

Sana: 29-sentyabr 14:00 dan 18:00 gacha boʻlib oʻtadi.

2- bosqichga tayyorgarlik koʻrish uchun materiallar bu yerda.

3- bosqich

Sana: 6-оktyabr 10:00 dan 14:00 gacha boʻlib oʻtadi.

3- bosqichga tayyorgarlik koʻrish uchun materiallar bu yerda. 

4-bosqich 

Sana: 6-оktyabr 14:00 dan 18:00 gacha boʻlib oʻtadi.

4 - bosqichga tayyorgarlik koʻrish uchun materiallar bu yerda

Eslatma:

  • Olimpiadada oʻtgan yilda qatnashib gʻolib boʻlgan va hozirda  Moskva fizika-texnika institutida tahsil olayotgan talabalar fikri bilan asosiy sayt orqali kirib tanishib chiqish mumkin.
  • Shuningdek, oʻtgan yili tushgan masalalarni video tahlilini ham koʻrish mumkin. 

Registratsiyadan oʻtishning soʻnggi kuni 15-sentyabr.

Qo'shimcha ma'lumot

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Fizika va matematika fanlari boʻyicha xalqaro onlayn olimpiada — Phystech.International
14 Sen, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.