FLEX (Kelajak Liderlari Almashinuv Dasturi) - maktab yuqori sinf yoki kollej o'quvchilari uchun AQShda to'liq moliyalashtirilgan holda 1 yil davomida o'qish imkoni
  • 01/09/2021 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 15.10.2021 Oxirgi muddat
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    14 yoshdan 16 yoshgacha

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Future Leaders Exchange Program (FLEX) — Kelajak Liderlari Almashinuvi dasturi AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladi. Dastur maktabning yuqori sinf va kollej/litsey oʻquvchilarini 1 yil davomida AQShda bepul yashash va taʼlim olishini taʼminlaydi. Gʻolib nomzodlar koʻngilli sifatida ishtirok etayotgan AQShdagi mezbon oilada dastur mobaynida bepul yashaydilar va mahalliy maktabda oʻqish imkoniga ega boʻladilar. 

Xalqaro Taʼlim boʻyicha Amerika Kengashlari dasturning barcha tashkiliy ishlariga masʼuldir, jumladan tanlov jarayonlari, imtihon oʻtkazish, gʻoliblarni tanlash, dastur oldi tayyorlov tadbirlari va sayohat ishlarini tashkil etish. Dasturning asosiy maqsadi AQSh va boshqa davlatlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni oʻrnatish va yoshlarga turli millat va jamiyatlarning madaniyatini oʻrganish va oʻz mamlakatlarining vakili sifatida yetakchilik qilishiga imkon berishdir.

FLEX gʻoliblari dastur davomida oʻzlarida yetakchilik koʻnikmalarini shakllantiradilar. Amerika jamiyati va qadriyatlari bilan tanishadilar, amerikaliklarga oʻz mamlakatlari va madaniyatlari haqida oʻrgatadilar. Shuningdek, AQShda turli jamoat ishlarida qatnashadilar va oʻz mamlakatlarining elchilari vazifasini bajaradilar. Dastur ishtirokchilarni chinakam shaxsiy rivojlanish imkoniyati bilan taʼminlaydi va mustaqil yashashga oʻrgatadi. Dastur qatnashchilari yosh, qiziquvchan va harakatchan liderlar sifatida oʻz mamlakatlariga qaytganida turli xil innovatsion ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradilar, dastur mobaynida oʻrgangan bilim va koʻnikmalarini amaliyotda qoʻllaydilar.

Maqbullik shartlari

Oʻzbekistonlik nomzodlar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:

  • 2005-yil 1-yanvar hamda 2007-yil 15-iyul sanalari oraligʻida tugʻilgan boʻlishi
  • Hujjat topshirish vaqtida maktabning 9-10-11-sinf yoki litsey/kollejning 1-2-kurs oʻquvchisi boʻlishi lozim
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishi va buni ariza toʻldirish vaqtida koʻrsatib bera olishi kerak
  • Maktab/litsey/kollejda yaxshi yoki aʼlo baholarga ega boʻlishi kerak
  • Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish va xorijga chiqish pasportini olish imkoniyatiga ega boʻlish
  • Amerika vizasini olish talablariga mos kelishi lozim

Foydali tomonlari

FLEX dasturi gʻoliblari  quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladilar:

  • Xalqaro va ichki sayohat xarajatlari qoplanadi: AQShga borish va qaytish, AQSh hududidagi barcha yoʻl xarajatlari;
  • Gʻolibning ijtimoiy tadbirlar/mashgʻulotlarda qatnashishi va shaxsiy ehtiyojlari uchun oylik stipendiya;
  • Oldindan tanlangan va tekshirilgan AQSh mezbon oilasida 1 yil mobaynida bepul yashash;
  • AQSh maktabida roʻyxatdan oʻtish va u yerda 1 oʻquv yili davomida tahsil olish;
  • Dastur boshlanishidan avval tayyorgarlik va tanishish uchun tadbirlarda ishtirok etish;
  • AQShda tashkil etiladigan mahalliy tadbirlarda ishtirok etish;
  • Tibbiy sugʻurta (avvaldan mavjud boʻlgan holatlar va stomatologik yordamni hisobga olmaganda).

Hujjat topshirish

Quyidagi bosqichlarda dasturga ariza va hujjatlar topshiriladi:

  1. Rasmiy sayt orqali onlayn ariza formasi toʻldiriladi. Onlayn ariza formasida nomzoddan shaxsiy maʼlumotlarini kiritish hamda bir nechta insho yozish soʻraladi.
  2. 1-bosqichdan saralab olingan nomzodlar ingliz tilidan test topshirishadi. Test onlayn yoki oflayn boʻlishi mumkin.
  3. Saralangan nomzodlar Amerika Kengashlari vakili bilan individual suhbatdan oʻtadilar, bir nechta insho yozadilar hamda maxsus arizani toʻldirishlari kerak boʻladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Tanlov natijalari 2022-yil may oyining oʻrtalarida eʼlon qilinadi. Gʻolib ishtirokchilar  iyun-iyul oylari mobaynida oʻz mamlakatlarida dastur oldi tayyorlov tadbirlarida ishtirok etadilar. Iyul-avgust oylarida AQShga joʻnab ketadilar va 2023-yil may-iyun oraligʻida qaytib keladilar.

Savol va murojaatlar uchun: flex.uz@americancouncils.org  

AQSh
FLEX (Kelajak Liderlari Almashinuv Dasturi) - maktab yuqori sinf yoki kollej o'quvchilari uchun AQShda to'liq moliyalashtirilgan holda 1 yil davomida o'qish imkoni

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar