Tavsif
Fransiyaning Sylvia S. Association - Silviya assotsasiyasi tomonidan fotografiyaga qiziquvchi ayollarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Prix Virginia Award fototanlovi tashkil etilgan. Ushbu tanlovda yoshi va millatidan qat'i nazar ushbu sohada ishlovchi professional fotograf yoki havasmand ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin.
Prix Virginia ayol fotograflarning tan olinishini qo'llab-quvvatlash usulidir. Tanlov, shuningdek, ayo-qizlar hissiyotlarini fotosuratlar orqali baham ko'rishga va yangi san'at asarlarini kashf etishga imkon yaratadi.
Tanlovning o'tgan yilgi mavsumida jami 89 davlatdan 1452 ta ishlar qabul qilindi. Tanlovning avvalgi mavsum g'oliblarining ishlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Tanlov haqida batafsil rasmiy havola orqali ma'lumot olish mumkin.