Tavsif
Markaziy Osiyoning Urush va Tinchlik Xabarlari Instituti (IWPR CA), yangi media va raqamli jurnalistikani rivojlantirish dasturi doirasida "Fotografiyada dizaynning ahamiyati" mavzusida bo‘lib o‘tadigan onlayn kursga qabul boshlanganligini e'lon qiladi.
Darslar grafik dizayn va fotografiya yo‘nalishlarida 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega kuchli mutaxassis Farrux Safarzoda tomonidan o‘tiladi. Farrux Safarzoda grafik dizayn bo'yicha xalqaro onlayn turnir - "Dizayn kubogi" finalisti, hamda reklama, vizual brend va dizayn sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis.
Dasturda fotografiya yo'nalishida o'qiyotgan talabalar, bloger va dizaynerlar qatnashishlari mumkin. Darslar 7-8 oktabr kunlari Zoom platformasi orqali Toshkent vaqti bilan soat 15.00-17.00 da bo'lib o'tadi.