17 yoshdan kichik fotografiyaga qiziquvchilar uchun Young Wildlife Photographer of the Year fototanlovi. G'oliblarga £1500 pul mukofoti va Londonga sayohat!
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
04 Dek, 2024 · Muddat tugagan

17 yoshdan kichik fotografiyaga qiziquvchilar uchun Young Wildlife Photographer of the Year fototanlovi. G'oliblarga £1500 pul mukofoti va Londonga sayohat!

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Buyuk Britaniyaning Natural History muzeyi tomonidan fotografiyaga qiziquvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni moddiy tomondan ragʻbatlantirish maqsadida Young Wildlife Photographer of the Year tanlovini tashkil etgan. Har yili ushbu tanlovda 17 yoshdan kichik boʻlgan nomzodlar qatnashib kelmoqda.

Young Wildlife Photographer of the Year tanlovining 60-mavsumi ham tabiat mavzusida boʻlib oʻtadi va bunda maktab oʻquvchilari quyidagi yosh kategoriyalari boʻyicha qatnashishlari mumkin:

  • 10 yosh va undan kichik ishtirokchilar;
  • 11-14 yoshdagi ishtirokchilar;
  • 15-17 yoshdagi ishtirokchilar.

Tanlovda yovvoyi tabiat manzaralari, jumladan, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi aks etgan suratlar bilan qatnashish mumkin. Gʻoliblar £1500 gacha pul mukofoti va sertifikatlarga erishish bilan birga London shahrida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda quyidagi yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin:

  • Tanlovda 17 yoshdan kichik barcha yosh fotograflar qatnasha oladi

Suratga qoʻyilgan talablar:

  • Suratlar tabiat mavzusida boʻlishi kerak;
  • Suratda tutqunlikda ushlab turilgan yoki manipulyatsiya qilingan hayvonlar aks etmasligi lozim;
  • Tasvirga olish uchun hech qanday jonzotga ozor berish mumkin emas;
  • Tasvirda inson portreti aks etgan boʻlsa, undan ruxsatnoma olinishi kerak;
  • Barcha fayllar JPEG formatda, sifatli tarzda taqdim etilishi lozim;
  • Tasvirda hech qanday watermark belgisi, ism yoki imzo boʻlmasligi kerak.

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlovda ishtirok etib gʻolib boʻlgan nomzodlar quyidagi kategoriyada imtiyozlarga ega boʻladi:

Young Wildlife Photographer of the Year kategoriya g'oliblari:

  • Gʻoliblar £1500 pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi;
  • Professional fotograf bilan ikki kunlik master-klass
  • Londonda boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimida ishtirok etishadi;
  • Tanlangan suratlar Londondagi Natural History muzeyida namoyish etiladi;
  • Rasmiy sertifikatga ega boʻladi.

Yosh kategoriya g'oliblari (Young category winners):

  • £500 va shaxsiy sertifikat;
  • Londonda boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimida ishtirok etishadi;
  • WPY Portfolio kitobida fotosurati chop etiladi.

Young runner-up kategoriyasi g'oliblari:

  • £150 va shaxsiy sertifikat;
  • WPY Portfolio kitobida fotosurati chop etiladi;
  • Londondagi taqdirlash marosimiga taklifnoma.

Young category highly commended kategoriyasi g'oliblari:

  • Shaxsiy sertifikat;
  • WPY Portfolio kitobida fotosurati chop etiladi;
  • Londondagi taqdirlash marosimiga taklifnoma.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar onlayn roʻyxatdan oʻtishlari va oʻz profillarini ochishlari kerak. Ishtirokchilar 10 tagacha surat joylashlari mumkin.

Tanlov uchun roʻyxatdan oʻtish mutlaqo bepul.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savol va murojaatlar ushbu havola orqali qabul qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 17

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya 17 yoshdan kichik fotografiyaga qiziquvchilar uchun Young Wildlife Photographer of the Year fototanlovi. G'oliblarga £1500 pul mukofoti va Londonga sayohat!
04 Dek, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.