Fotojurnalistlar uchun Eyewitness Photojournalism Grant tanlovida ishtirok etib $2,500 yutib olish imkoniyati
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
01 Yan, 2022 · Muddat tugagan

Fotojurnalistlar uchun Eyewitness Photojournalism Grant tanlovida ishtirok etib $2,500 yutib olish imkoniyati

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Eyewitness Photojournalism Grant dasturi Diversify Photo va Pulitzer Center tomonidan jurnalistika sohasidagi vizual loyihalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan onlayn tanlov hisoblanadi. Ushbu tanlovda fotojurnalistlar kam yoritilgan mavzularga, jumladan, irqiy tenglik, iqlim oʻzgarishi, gender tengligi va inson huquqlariga oid vizual loyihalarni yuborishlari lozim.

Tanlovda gʻolib boʻlgan 3 nafar ishtirokchilar $2,500 miqdordagi grantga ega boʻladilar.

Tanlovning oʻtgan yilgi gʻoliblari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Tanlovda istalgan davlat fuqarolari qatnasha oladi;
  • Nomzod frilanser-fotojurnalist boʻlishi kerak;
  • Nufuzli ommaviy axborot agentligi bilan shartnomaga ega boʻlishi lozim;
  • Tanlovda irqiy tenglik, iqlim oʻzgarishi, gender tengligi va inson huquqlariga oid vizual loyihalar bilan ishtirok etish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlovda gʻolib boʻlgan 3 ta nomzodga vizual loyihalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida $2,500 miqdorda grant beriladi.

Topshirish jarayoni

Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar ushbu havola orqali bepul ariza topshirishlari mumkin. Arizalar ingliz tilida qabul qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Fotojurnalistlar uchun Eyewitness Photojournalism Grant tanlovida ishtirok etib $2,500 yutib olish imkoniyati
01 Yan, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.