Tavsif
The International MemBioMed Master’s Programme bu biomembranalar bo‘yicha ko‘p tarmoqli tadqiqotlarga asoslangan hamda uch nufuzli universitet: Université Côte d’Azur (UniCA, Fransiya), Genuya universiteti (UniGe, Italiya) va Osnabryuk universiteti (UOS, Germaniya) tomonidan hamkorlikda tashkillashtirilgan dastur hisoblanadi. Ushbu muassasalarning bir-birini to‘ldiruvchi kuchli tomonlari o‘qitish tajribasi, akademik resurslari, ilg‘or tadqiqot markazlari va texnologik platformalari hisoblanadi va bular membrana biologiyasi bo‘yicha keng qamrovli va dinamik ta’limni ta’minlaydi.
Dastur davomiyligi 2 yil va talabalar har semestrni quyidagi tartibda 3 universitetda o‘qishadi:
- 1-semestr: Université Côte d’Azur, Fransiya;
- 2-semestr 2: University of Genova, Italiya;
- 3-semestr 3: Osnabrück University, Germaniya;
- 4-semestr 4: Magistrlik dissertatsiyasi tayyorlanadi va uning himoyasi yuqoridagi 3 universitet yoki hamkor universitetlardan birida bo‘lib o'tadi.
Dastur g‘oliblarining kontrakt xarajatlari qoplanadi. Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 6-aprel, O‘zbekiston vaqti bilan 7-aprel 03:00 gacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin.