Tavsif
Bioref dasturi Fransiyaning nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadigan Lill universitetida biologiya va kimyo yoʻnalishida magistratura bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi EMJMD (Erasmus Mundus Joint Master Degree) scholarship grantini taqdim etadi. Grant gʻoliblarining xarajatlari dastur tomonidan qoplanadi va taʼlim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Dastur ikki xil turdagi EMJMD stipendiyalarini taklif qiladi:
- Scholarships for Program Country students;
- Scholarships for Partner Country students.
Maʼlumot uchun: Bioref dasturi magistratura boʻyicha turli grantlar taqdim qilishga qaratilgan dastur boʻlib, Fransiyaning Lill universiteti (ULILLE), Italiyaning Bari universiteti (UNIBA), Fransiyadagi Troyes texnologiya universiteti (UNIBA) va Polshadagi Tadeusz Kościuszko texnologiya universiteti (PK) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: