Tavsif
Fransiyaning Рarij shahridagi Science Po universiteti Yevropa Ittifoqidan tashqari davlatlarning iqtidorli talabalari uchun Emily Boutmy Scholarships grant dasturini taqdim qiladi.
Grant SciencePo universitetining 2025-2026 oʻquv yili uchun 2 yillik magistratura kurslariga birinchi marta hujjat topshirayotgan talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, grant yutib olgan talabalarga yiliga €13,100 grant taqdim qilinadi.
Dastur talabalarni ijtimoiy fanlar boʻyicha chuqur ilmiy maʼlumot va ular ishlashni maqsad qilgan professional sohadagi amaliy tajriba bilan taʼminlaydi.